Boş prokuratura huzuridagi departament xabariga köra, Zangiota tuman bölimi tomonidan gaz ta’minoti bölimi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan. Tekşiruv davomida yakka tartibdagi tadbirkor K.K. öz uyida fuqaro Q.L. bilan işlab çiqariş sexi taşkil qilib, umumiy foydalanişdagi gaz tarmoğiga heç qanday hujjatsiz tijorat maqsadida ulanib, 141,9 million sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Şu kabi, departamentning Toşkent tuman bölimi tomonidan IIB va gaz ta’minoti bölimi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.J “B.” MFY hududidagi uyida yaşirin sex taşkil qilib, öğirlik yöli bilan tabiiy gaz tarmoğiga ulanib olib, iste’molçilarning hayoti va soğliği xavfsizligi talablariga javob bermaydigan çips mahsulotlarini işlab çiqarayotgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.