Ukrainada Zelenskiy partiyasi deputati yig‘ilish vaqtida granata portlatdi
Ukrainalik mahalliy deputat Mukachevskiy tumanidagi Keretskovskiy qishloq kengashi sessiyasi vaqtida zalga kirib bir nechta granatani portlatib yubordi. Oqibatda 26 kishi yaralangan, 6 kishining ahvoli og‘ir.

Avvaliga granata portlatgan deputat halok bo‘lgani aytilgandi, lekin keyinchalik u omon qolgani, shifokorlar jonlantirish bo‘limida hayotini saqlab qolishga urinayotgani ma’lum bo‘ldi.
Ukrain nashrlariga ko‘ra, Keretskovskiy qishloq kengashi deputati prezident Zelenskiy yetakchiligidagi «Sluga naroda» partiyasi vakili Sergey Batrik bo‘lgan. Granata portlatilgan yig‘ilishda 2024 yil uchun budjet loyihasi muhokama qilingan.
Karpat ortidagi granata portlatish hodisasi Ukraina milliy politsiyasi tomonidan terrorchilik akti deb qayd etilgan. Milliy politsiya vakiliga ko‘ra, deputat tirik qolsa, 10 yilgacha qamalishi mumkin. Guvohlarning aytishicha, deputat yig‘ilish boshidan boshqa deputatlar bilan tortishgan. U avvaliga 2023 yil budjeti haqida hisobot berishlarini, keyin yangi yil uchun budjetni qabul qilishni so‘ragan.
Sergey Batrin zaldan chiqqach 2 daqiqa 40 soniyaga tashqariga chiqqan, qaytib kirgan va xotirjam holatda granata portlatgan. Guvohlar u bilan birga yana bir deputat tashqariga chiqqani va qaytib kirmaganini aytgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi
Jahon | 01:16
-
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda
Jahon | 00:31
-
Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilar haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qilindi
Jahon | 23:43 / 23.04.2025
-
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi
Jahon | 23:20 / 23.04.2025
Mavzuga oid

22:32 / 23.04.2025
Tramp: Hech kim Zelenskiydan Qrimni Rossiya hududi deb tan olishni so‘ramayapti

21:50 / 23.04.2025
Londonda Ukrainaning Yevropa davlatlari bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi

21:29 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi

14:20 / 23.04.2025