14 dekabr kuni jinoyat işlari böyiça Bektemir tuman sudida namanganlik yirik tadbirkor Dilşod Töraxöjayev bilan boğliq jinoyat işi böyiça navbatdagi sud majlisi bölib ötdi. Unda iştirok etgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, sud dastlabki tergov organi tomonidan xato va kamçiliklarga yöl qöyilgani sababli işni körişni 1 oy töxtatiş böyiça ajrim çiqargan. Jinoyat işi tergov davridagi kamçiliklar tuzatilişi uçun Bektemir tuman prokuraturasiga yuborilgan.
Tadbirkor bilan birga yana 9 kişi bosqinçilik va odam öğirlaş kabi jinoyatlarda ayblanmoqda. Sud işida Töraxöjayevning sinfdoşi bölgan jabrlanuvçi qolgan 9 nafar sudlanuvçini tanimasligi haqida körsatma bergan. Şuningdek, sud majlisida Dilşod Töraxöjayevga söz berilganida, u jabrlanuvçiga qarata “Aslida bu yerda sen ötirişing kerak edi. Tergov jarayonida senga nisbatan körsatma berişimni aytişdi, lekin men bunday qilmadim”, deya ta’kidlagan.
Dilşod Töraxöjayev kim?
Pop tumani Çodak qişloğida yaşagan Dilşod Töraxöjayev 2000-2020 yillarda Rossiyada yaşab, öşa yerda tadbirkorlik bilan şuğullangan. 3-4 yil oldin Özbekistonga qaytib, jami 400 ming dollar hamda 4 mlrd söm kredit hisobiga Çodak qişloğida Aparat Hotel Kosmos dam oliş maskani – mehmonxona-kemping xizmatlarini körsatuvçi turizm obektiga asos soladi.
Bu taşabbus prezident Şavkat Mirziyoyevning ham e’tiboriga tuşgan.
“Pop tumani Çodak qişloğidagi 2 gektar toğli maydonda tadbirkor tomonidan 25 milliard sömga zamonaviy dam oliş kompleksi barpo etilgan. Buning hisobiga bu yerga bir oyda 15-20 ming nafar sayyoh kelmoqda”, deya videoselektor yiğilişida Töraxöjayevni boşqalarga ibrat qilib körsatgan Şavkat Mirziyeyov.
2023 yilning 12 aprel kuni Dilşod Töraxöjayev IIV Tezkor qidiruv departamenti Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi, Toşkent şahar IIBB, Namangan viloyati IIB hamda DXX xodimlari tomonidan Toşkent şahri va Namangan viloyati hududlarida ötkazilgan tezkor tadbirlar jarayonida qölga olingan. U bilan birga yana 9 kişi uşlangan.
Holat yuzasidan Içki işlar vazirligining rasmiy bayonotiga köra, “yirik uyuşgan jinoiy guruh tadbirkorlarga nisbatan tovlamaçilik qilib ularni qörquv ostida uşlab kelgani, ular ilgari oğir turdagi jinoyatlar bilan bir neça marotaba sudlangani hamda nihoyatda tajovuzkor ekani sababli maxsus kuçlarni jalb etgan holda” qölga olingan.












