Eron hukumati Isroil razvedkasi «Mossad» manfaati uçun işlaganlikda aybdor deb topilgan şaxsni qatl qildi, deb xabar berdi Tasnim. Naşrning yozişiça, erkak boşqa xorijiy razvedka xizmatlari bilan ham hamkorlik qilgan.

Eron tergovi aniqlaganidek, ismi-şarifi oşkor etilmagan şaxs Isroil razvedkasi uçun maxfiy ma’lumotlarni töplaş va uzatişda vositaçilar orqali iştirok etgan. Sud tergovçilarning dalillarini qabul qilib, ayblanuvçini osiş orqali ölim jazosiga hukm qildi. Eronning IRNA naşri aniqlik kiritişiça, sudlanuvçi va uning advokati hukm ustidan şikoyat qilişga uringan.

Hukm mamlakat janubi-şarqidagi Seyiston va Balujiston viloyatida joylaşgan Zohidon qamoqxonasida ijro etilgan.

Sönggi bir neça yil içida Eron rasmiylari Isroilni mamlakatda yaşirin amaliyotlar ötkazişda ayblab keladi. 2022 yil dekabrida xuddi şunday ayblovlar bilan tört kişi qatl qilingan edi.