O‘tayotgan hafta moliya bozorlari uchun juda muhim hodisalarga boy bo‘ldi. AQSh Markaziy bankining foiz stavkalari bo‘yicha qarori va FZT raisi Jyerom Pauellning rasmiy bayonoti kelgusidagi voqealar rivoji qanday bo‘lishi haqida umumiy tushuncha taqdim etdi. U AQShda inflatsiya darajasi tushib borayotgani tufayli Markaziy bank ehtimol 2024 yil foiz stavkalari tushirilishini prognoz qildi, ammo iqtisodda narx-navo bosimi kuchaysa, stavkani qayta ko‘tarishini aytib o‘tdi. Bozor ishtirokchilari mazkur xabarni yuqori kayfiyatda qabul qildi va bu bozorlar o‘sishiga sababchi bo‘ldi.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 11 dekabrdan 15 dekabrgacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.
AQSh top fond bozorlari indeksi:
- S&P500: +2,49 foiz (yil boshidan +22,44 foiz);
- NASDAQ: +3,35 foiz (yil boshidan +59,63 foiz);
- DJI: +2,92 foiz (yil boshidan +12,57 foiz).
Hafta davomida AQSh fond bozori kuchli o‘sish sur’atini namoyon qildi. NASDAQ indeksi 3,35 foizga, Dow Jones indeksi 2,92 foizga va dunyoning eng yirik kompaniyalaridan tashkil topgan S&P500 indeksi 2,49 foizga ko‘tarildi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
- Oltin: +0,75 foiz (yil boshidan +10,72 foiz);
- Kumush: +3,68 foiz (yil boshidan -0,5 foiz);
- Alyuminiy: +4,98 foiz (yil boshidan -6,31 foiz);
- Mis: +1,2 foiz (yil boshidan +1,18 foiz).
Asosiy qimmatbaho metallarning barchasida narx o‘sishi kuzatildi. Oltin o‘zining yuqori tebranuvchan haftasini tajribadan o‘tkazdi, shunga qaramay hafta yakunida 15 dollarga qimmatlashdi. Kumush va alyuminiy bahosi mos ravishda 0,84 dollar va 106 dollarga o‘sdi. Mis narxi ham haftaning oxirida 0,04 dollarga ko‘tarildi.
Neft
- WTI: +0,75 foiz (yil boshidan -10,92 foiz);
- BRENT: +1,34 foiz (yil boshidan -10,47 foiz).
Ketma-ket 7 haftalik pasayishdan keyin neft narxining arzonlashuvi to‘xtadi. Hisobot haftasida neftning WTI markasi 0,54 dollarga, BRENT esa 1,02 dollarga oshdi.















