Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AYoQShlarda qariyb 215 ming litr sifatsiz benzin aniqlandi
O‘zbekistonda dekabr oyining o‘tgan davrida 215 ming 355 litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlandi.
Joriy yil davomida Markaziy nazorat kimyo laboratoriyasi tomonidan murojaat va tekshiruvlar bo‘yicha jami 4 ming 780 ta olingan namunalar davlat standart talablariga mosligi yuzasidan olib borilgan nazorat tadbirlarida jami 28 million litr neft mahsulotlaridan 2 million litri sifatsiz ya’ni davlat standart talablariga mos kelmasligi aniqlangan. Bu haqda Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» axborot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.
«Birgina dekabr oyida jami 138 ta olingan namunalar Davlat standart talablari asosida olinib tahlil qilinganda neft mahsulotlaridan 215 ming 355 litri davlat standart talablariga mos kelmasligi aniqlandi», deyiladi tashkilot xabarida.
Ushbu sifatsiz deb topilgan neft mahsulotlari sotuvga chiqarilishining oldi olingan hamda sifatini tiklash ishlari amalga oshirilgan.
Avvalroq, Andijonda AI-80 markali benzinni AI-92 yoki AI-95 deb sotayotgan AYoQShlar aniqlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
08:55 / 03.07.2026
Rossiya ichki bozorni ta’minlash uchun “Yevro-3” benziniga ruxsat berdi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
15:24 / 01.07.2026