Kuvaytni dunyodagi eng keksa valiahd shahzoda boshqaradi
Ol Saboh sulolasining vakili Mishaal Kuvayt taxtiga o‘tiradi.

Foto: kuwaittimes.com
Mishaal al-Ahmad al-Jobir Ol Saboh Kuvaytning yangi amiri bo‘ldi. U 83 yoshda va dunyodagi eng keksa valiahd shahzoda hisoblanadi.
Sobiq amir shayx Navof al-Ahmad al-Jobir Ol Saboh 16 dekabr, shanba kuni 87 yoshida vafot etgan edi. Shundan so‘ng, mamlakatda 40 kunlik motam e’lon qilindi, davlat muassasalari uch kunga yopildi.
Shayx Navof Kuvayt amiri sifatida atigi uch yil xizmat qildi. U 2020 yil sentabrida taxtga o‘tirdi. Shu vaqtda o‘gay ukasi, 1940 yilda tug‘ilgan Mishaalni valiahd shahzoda etib tayinladi.
Mishaal xuddi shayx Navof kabi 1921-1950 yillarda Kuvaytni boshqargan amir Ahmad al-Jobir Ol Sabohning o‘g‘lidir. U butun umri davomida turli lavozimlarda ishlagan, jumladan Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

14:37 / 03.05.2025
Kuvayt Toshkentda yetim bolalar uchun maktab qurmoqchi

14:19 / 25.02.2025
Kuvayt O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishi mumkin

15:25 / 18.02.2025
Shavkat Mirziyoyevning Kuvaytga rasmiy tashrifi yakunlandi

14:44 / 18.02.2025