O‘zbekiston | 13:08 / 18.12.2023
2667
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Indoneziya mahsulotlar eksporti bo‘yicha fitosanitar jarayonlarni tezlashtiradi

O‘zbekiston va Indoneziyaning tegishli tashkilotlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va veterinariya mahsulotlari importini yo‘lga qo‘yish talablari va amaldagi fitosanitar choralarga bag‘ishlangan video-konferensiya shaklidagi muzokaralar tashkil etildi.

Foto: Kun.uz

«Dunyo» xabariga ko‘ra, onlayn uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Tashqi ishlar, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklari, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xodimlari, Indoneziya tarafidan esa ushbu mamlakat Tashqi ishlar, Savdo, Qishloq xo‘jaligi, Dengiz ishlari va baliqchilik vazirliklari, Milliy tadqiqot va innovatsiyalar agentligi, G‘arbiy Nusa Tengara provinsiyasi hokimligi, Dorivor vositalar, oziq ovqat nazorati milliy milliy agentligi, Indoneziya prezidenti huzuridagi Karantin organi va uning hududiy boshqarmalari vakillari qatnashdi.

Muloqot avvalida Indoneziya tomoni bozoriga qishloq xo‘jaligi va veterinariya mahsulotlari importini yo‘lga qo‘yish talablari hamda amaldagi fitosanitar choralarga oid taqdimot o‘tkazdi. Joriy yilning may oyida O‘zbekistonda yetishtirilgan gilosga karantin ruxsati berilgani va limon  eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha jarayon yakunlanayotgani ta’kidlandi.

Indoneziya prezidenti huzuridagi Karantin organi raisining o‘simliklar karantini bo‘yicha maslahatchisi Antaryo Dikin ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni jadallashtirish maqsadida tegishli idoralar o‘rtasida karantin, veterinariya, fitosanitariya masalalarida kelishuvlar imzolash taklifini bildirdi. U eksport va import jarayonlarida bojxona ishlarini amalga oshirish va mahsulotlarni saqlash masalalarini soddalashtirish bo‘yicha mexanizmni joriy qilish zarurligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat karantin idoralari o‘rtasida hamkorlik kelishuvini imzolash, 2024 yil yanvar oyida Indoneziya prezidenti huzuridagi Karantin organi rahbariyatining O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish va boshqa masalalarda kelishib olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid