Volodimir Zelenskiy Kiyevning Bankova köçasidagi qarorgohida Ukraina qurolli kuçlari sobiq boş qömondoni, hozirda mamlakatning Buyuk Britaniyadagi elçisi lavozimida xizmat qilayotgan Valeriy Zalujniy bilan uçraşuv ötkazgan.
Zalujniy Londondan Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer öz iste’fosini e’lon qilişi arafasida Kiyevga çaqirilgan. «Ukrainskaya pravda» naşri uşbu uçraşuvning har ikki iştirokçisiga yaqin bölgan manbalarga tayanib xabar berişiça, Britaniya masalasi muhokamasidan keyin Zelenskiy Ukrainadagi saylovlar mavzusiga ötgan.
Naşr manbalarining sözlariga köra, Zelenskiy muloqotni sönggi vaqtlarda frontdagi vaziyat ijobiy tomonga özgarayotgani, jamoatçilik yetarliça jipslaşgani, prezidentlik saylovlarini ötkaziş uçun «imkoniyatlar oynasi» paydo bölgani haqidagi gap bilan boşlagan. Ukraina rahbari saylov jarayonida mamlakatda böliniş yuzaga kelmasligini ta’minlaş muhimligi, şuning uçun özi va Zalujniy örtasidagi ehtimoliy qarama-qarşilik bilan boğliq xavflardan qoçiş kerakligini qayd etgan.
Yakunda prezident sobiq boş qömondonga töğridan töğri şunday degan: «Agar kuzda saylov ötkaziladigan bölsa, siz nomzodingizni qöyasizmi?» «Ukrainskaya pravda» suhbatdoşlariga köra, bu savolga aniq qilib javob qaytarilgan: «Ha. Qöyaman».
Naşr manbalari aytişiça, Zelenskiy Zalujniy bilan amalda istalgan lavozimni muhokama qilişga tayyor bölgan, ammo uning javobidan keyin heç qanday lavozim taklif qilmagan. Sobiq boş qömondonning özi siyosiy karera qilişga intilmagani, ammo köpçilik unga umid boğlagani va «nima uçun unga bildirilgan işonçni rad etişi kerakligi»ni tuşuntira olmasligini aytgan. Şu bilan uçraşuv yakunlangan.
Köp ötmay Zalujniyning oldiga prezidentning yana ikki vakili – Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Rustem Umerov hamda prezident partiyasining Oliy radadagi fraksiyasi rahbari David Araxamiya ham kelgan. Ular Zelenskiyning jamoatçilikda böliniş yuzaga kelişi mumkinligi haqidagi argumentlarini takrorlaşgan, ammo Zalujniyning saylovga nomzodini qöyiş böyiça pozitsiyasi özgarişsiz qolgan. «Ukrainskaya pravda» yozişiça, Umerov va Araxamiya xayrlaşiş çoğida Zalujniydan «yana bir bor yaxşilab öylab köriş»ni söragan.
Jurnalistlar qayd etişiça, Zalujniyning reytingi yuqoriligiça qolmoqda, ammo endi 2024 yil fevral oyida Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni lavozimidan ketganidan keyin kuzatilgan dinamikani körsatmayapti. Şu bilan birga, saylovlarda Zelenskiyga raqobat körsatişi mumkin bölgan yana bir ehtimoliy nomzod, prezident ofisi rahbari Kirill Budanovning ham reytingi ösmoqda.


















