Toshkent, Buxoro va Namanganda maishiy chiqindilar bo‘yicha xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari belgilandi
Toshkent shahri, Buxoro hamda Namangan viloyatlarida ham maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari belgilandi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonning yana uch hududida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari tasdiqlandi.
Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi axborot xizmati xabar berishicha, unga ko‘ra:
Toshkent shahri bo‘yicha aholi uchun 7500 so‘m hamda yuridik shaxslarga 1 tonna uchun (QQSsiz) 188 ming 808 so‘m va 1 kubometr uchun (QQSsiz) 89 ming 977 so‘m to‘lov miqdori belgilandi.
Buxoro viloyatida esa aholi uchun shaharlarda 1 kishiga oylik 5000 so‘m, tumanlarda 4000 so‘m hamda yuridik shaxslarga 1 tonna uchun (QQSsiz) shaharlarda 186 ming so‘m, tumanlarda 160 ming so‘m va 1 kubometr uchun (QQSsiz) shaharlarda 83 ming so‘m, tumanlarda 71 ming so‘m to‘lov miqdori etib belgilanishi ma’qullandi.
Namangan viloyati bo‘yicha aholi uchun 5000 so‘m hamda yuridik shaxslarga 1 kubometr uchun (QQSsiz) 50 ming so‘m to‘lov miqdori belgilandi.
Bundan oldin Andijon, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash hamda olib chiqib ketish tariflari oshgandi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islandiyada harakatga kelgan vulqon sabab aholi evakuatsiya qilinmoqda
Jahon | 00:13
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24 / 01.04.2025
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14 / 01.04.2025
Mavzuga oid

15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi

09:41 / 26.03.2025
Chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

16:16 / 25.03.2025
Qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi

18:18 / 24.03.2025