Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vuchich Serbiyadagi saylovlarda o‘z bloki g‘alaba qozonganini e’lon qildi
Saylov byulletenlarining 80 foizi sanab bo‘lingach, «Aleksandar Vuchich Serbiya to‘xtatmasligi kerak» koalitsiyasi Milliy assambleyadagi 250 o‘rindan 129 tasini qo‘lga kiritgani oydinlashdi, deya ma’lum qildi prezident.
18 dekabr, dushanbaga o‘tar kechasi Serbiya prezidenti Aleksandar Vuchich mamlakatda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovlarida Serbiya progressiv partiyasi (SNS) boshchiligidagi «Aleksandar Vuchich Serbiya to‘xtatmasligi kerak» koalitsiyasi g‘alaba qozonganini e’lon qildi. «127 mandatga ega bo‘lgan holda biz parlamentda mutlaq ko‘pchilik bo‘lamiz», deya Vuchichning so‘zlarini keltirgan AFP.
Shu bilan birga, CeSID va Ipsos jamoatchilik fikrini o‘rganish institutlari ma’lumotlariga ko‘ra, byulletenlarning 80 foizi sanab chiqilgach, Vuchich koalitsiyasi 46 foiz ovoz to‘plagani aniqlangan. Bu Serbiyada 19 oy avval bo‘lib o‘tgan so‘nggi parlament saylovlariga qaraganda ikki foizga ko‘pdir. Kuzatuvchilar ta’kidlashicha, agar bu natija saqlab qolinsa, Vuchich bloki Serbiya xalq assambleyasida (bir palatali parlament) ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritib, o‘ziga 250 mandatdan 115 tasini kafolatlashi mumkin.
Ikkinchi o‘rinda - «Serbiya zo‘ravonlikka qarshi» muxolifat guruhi. Xabar e’lon qilingan paytda u 23 foiz ovoz to‘plagan, bu unga parlamentda kamida 57 o‘rin olish huquqini beradi.
Assambleya a’zolari to‘rt yilga saylanadi. Respublika saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy saylovlarda 6,5 million kishi ovoz berish huquqiga ega.
Vuchich 2023 yil 1 noyabrda «zo‘ravonlik targ‘ibotiga» qarshi ommaviy norozilik namoyishlari fonida xalq assambleyasini tarqatib yuborganidan so‘ng Serbiyada muddatidan oldin parlament saylovlari tayinlangan edi.
«Aleksandar Vuchich - Serbiya to‘xtamasligi kerak» bloki
Serbiya progressiv partiyasi - «Aleksandar Vuchich - Serbiya to‘xtamasligi kerak» blokidagi asosiy kuch. 2014 yildan beri SNS’ni Vuchich boshqarib kelmoqda, ammo 2023 yil may oyida u ushbu siyosiy kuch rahbari lavozimidan rasman iste’foga chiqqan. Undan tashqari blokka quyidagilar kiradi: pensionerlar partiyasi, ikkita «dehqonlar» partiyasi, ikkita sotsial-demokratik partiya hamda yana bir qancha konservativ partiyalar va harakatlar.
Serbiyadagi navbatdan tashqari parlament saylovlari oldidan ayrim kuzatuvchilar Rossiya saylov kampaniyasida, jumladan, ommaviy axborot vositalarida tashviqot orqali faol ishtirok etayotganiga e’tibor qaratgan.
Serbiyada 17 dekabr kuni 60 dan ortiq shahar va qishloqlarda mer saylovlari ham bo‘lib o‘tdi, parlament saylovlari e’lon qilinganidan keyin ma’muriyatlar rahbarlari iste’foga chiqdi.
Mavzuga oid
08:35 / 06.06.2026
Serbiyada og‘ir vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
22:15 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:58 / 13.05.2026