O‘zbekiston sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda Indoneziya tajribasini o‘rganyapti
O‘zbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Sog‘lom turmush tarzi va fitnes assotsiatsiyasi hamda Indoneziya fitnes murabbiylari uyushmasi o‘rtasida video-konferensiya shaklida uchrashuv tashkil etildi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, onlayn uchrashuv davomida Indoneziya tomoniga O‘zbekiston Sog‘lom turmush tarzi va fitnes assotsiatsiyasi faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berildi. Yaqinda tashkil etilgan mazkur assotsiatsiyasining asosiy vazifasi aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, sog‘lom ovqatlanish tamoyillarini keng targ‘ib qilish, barcha yoshdagi fuqarolar o‘rtasida jismoniy qobiliyatni shakllantirish ekanligi ta’kidlandi.
Muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston Sog‘lom turmush tarzi va fitnes assotsiatsiyasi va Indoneziya fitnes murabbiylari uyushmasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini ham muhokama qildi.
Qo‘shma dasturlar ishlab chiqish, fitnes va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan standartlar va sertifikatlash tizimlarini yo‘lga qo‘yish, metodologik qo‘llanmalar ishlab chiqish, murabbiylar tayyorlash sohasida tajriba almashish, shuningdek, seminarlar, mahorat darslari, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini birgalikda tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekistonda fitnes va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga qaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish va bu sohada ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida ushbu uyushma vakillarining O‘zbekistonga amaliy safarini uyushtirish yuzasidan kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda ikkita yangi ekologik loyiha ishga tushirildi
O‘zbekiston | 14:50
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston mehnat migratsiyasi bo‘yicha ikki tomonlama bitim imzolaydi
O‘zbekiston | 14:44
-
Bayden Trampning bir qator taniqli raqiblarini afv etdi
Jahon | 14:30
-
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20
Mavzuga oid
18:52 / 09.01.2025
Indoneziya Apple kompaniyasiga iPhone 16 sotuvini qayta tiklashga ruxsat bermadi
22:22 / 06.01.2025
Indoneziya BRIKS a’zosiga aylandi
13:51 / 06.01.2025
Tadqiqot: ozish uchun qancha vaqt mashq qilish kerak?
15:29 / 19.12.2024