Kechqurun uyqu vaqtiga yaqin ovqatlanish aynan nega zararli ekani haqida turlicha fikrlar aytiladi. Quyida kech soatlarda ovqatlanishning tanaga qanday ta’siri borligi haqida oxirgi tadqiqotlar yig‘ilgan.

Amerikada 34 mingdan ortiq katta yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, qatnashchilarning 60 foizi kechqurun 9 dan keyin ovqatlanishni normal holat deb hisoblagan. “Inson tanasi kun davomida ozuqa moddalarni qayta ishlaydi va kechqurun esa energiya yig‘ish va zaxiraga olib qo‘yish uchun harakat qiladi. Bu tabiiy jarayonni bezovta qilish muammolarini paydo qila boshlaydi”, – deydi Kolumbiya universiteti olimi Mariye-Piyerre St-Onge.

Bir nechta tadqiqotlar, uxlashdan oldingi 3 soat ichida ovqatlanish jig‘ildon qaynashi va oshqozondagi kislota miqdorini ko‘paytirib yuborishini aniqlagan.

Yana bir tadqiqotda uxlashdan oldin 1-3 soat ichida ovqatlanish yaxshi uxlolmaslikka ham sabab bo‘lishi isbotlangan. Bostondagi Brigman va ayollar shifoxonasi neuroolimi Frank Sheyer jamoasi bilan AQShda o‘rta yoshli 900 kishi o‘rtasida 2019 yilda tadqiqot o‘tkazadi. Unda qatnashuvchilar uyqudan oldingi 2 soat ichida ovqatlanib, 100 kaloriyali mahsulot iste’mol qiladi. Va ishtirokchilarning 80 foizida ortiqcha vazn yig‘ish va semizlik boshlanadi. Tadqiqotchilar shunga o‘xshash natijani Yaponiya va Shvetsiyadagi odamlar o‘rtasida ham aniqlagan.

Britaniyada 2023 yilda o‘tkazilgan 850 kishilik tadqiqotda esa 9 dan keyin ovqatlanadiganlarda qandli diabetni keltirib chiqaradigan HbA1c darajasi, kunduzgi ovqatdan keyingi yog‘lar miqdori yuqoriroq bo‘lgani ma’lum bo‘lgan