Jahon | 16:11 / 22.12.2023
12059
5 daqiqa o‘qiladi

Kiyevga yana dronlar hujumi va Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 666-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov mamlakatdan ketgan erkaklar safarbar qilinishi rejasi haqida aytdi. Ko‘p o‘tmay vazirlikdagilar kun tartibida bunday masala yo‘qligini ma’lum qildi.
  • Vladimir Putin 2024 yilgi kuzgi chaqiruvni harbiy xizmat majburiyati ostida bo‘lganlarning yagona reyestri orqali o‘tkazish va elektron chaqiruv qog‘ozlaridan foydalanish bo‘yicha topshiriq berdi.
  • Ukrainaning Dnipropetrovsk oblasti Nikopol shahri o‘qqa tutilishi oqibatida ikki ayol halok bo‘ldi.
  • Putin anneksiya qilingan hududlarda «Ukraina tajovuzidan jabrlangan» bolalar uchun 100 ming rubldan to‘lov to‘lash to‘g‘risidagi farmonini imzoladi.
  • Moskva hukumati «maxsus amaliyot sharoitida» Yangi yil salyutlari otilmasligini ma’lum qildi. Bayram mushakbozligi qatorasiga ikkinchi yil bekor qilinmoqda. Bundan tashqari, o‘tgan yili ham bo‘lgani kabi Kremlda yangi yil qabuli o‘tkazilmaydi.

Rossiya dronlarining Kiyevga hujumi

22 dekabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini uchuvchisiz uchar qurilmalar bilan Kiyevga hujum qildi. Mer Vitaliy Klichko shahar g‘arbidagi Solomensk rayonida urib tushirilgan dron parchalari ko‘p qavatli uyga shikast yetkazgani haqida ma’lum qilgan: 24-, 25- va 26-qavatlar oralig‘idagi ko‘tarib turuvchi devorlar qisman vayron bo‘lgan. Ikki kishi jarohat olgan.

Ukraina FVDX ma’lumotiga ko‘ra, yana bir dron parchalari Kiyev janubi-g‘arbidagi Goloseyevskiy rayonidagi ko‘p qavatli uy ustiga tushgan. Bu yerda jabrlanganlar yo‘q. Dniproning so‘l sohilidagi Darnitskiy rayoniga uchinchi dron parchalari tushishi tufayli oxirigacha qurib bitkazilmagan xususiy uyda yong‘in chiqqan. Bu yerda ham jabrlanganlar qayd etilmagan.

Ukrain harbiylari projyektorlar yordamida Kiyev osmonidan dron qidirmoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Dron parchalari tushishi oqibatida turar joy devorida hosil bo‘lgan o‘yiq
Ukraina FVDX / EPA / Scanpix / LETA
Dron parchalari tushgan ko‘p qavatli uylardan biridagi kvartiraning ko‘rinishi
Kyiv City Military Administration / EPA / Scanpix / LETA
Kiyevda Rossiya dronlari hujumi vaqtida shikastlangan ko‘p qavatli uylardan biri
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi ukrainalik dron operatorlari 

Ukraina qurolli kuchlari 92-alohida shturmchi brigadasi jangovar rotasi jangchilari «Vampir» dronini Rossiya qo‘shinining Baxmut yaqinidagi pozitsiyalariga uchirishga tayyorlanmoqda. «Vampir» dronlari 2022 yilda Ukrainaning SkyFall kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Ukrainaning «Fokus» nashri aniqlik kiritishicha, «Vampir» 15 kilogrammgacha miqdordagi o‘q-dorini olib 400 kilometrgacha uchuvchi geksakopterdir. Ukraina qurolli kuchlari «Vampir»lar yordamida dushmanga turlicha o‘q-dorilar — termobarik, kumulyativ va oskolkali-fugasli o‘q-dorilar bilan hujumlar uyushtiradi.
Inna Varenythsia / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik askar «Vampir» droniga parvozdan oldin o‘q-dori bog‘lamoqda
Inna Varenythsia / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya pozitsiyalariga hujum qilishdan oldin o‘q-dorilarni tayyorlash jarayoni
Inna Varenythsia / Reuters / Scanpix / LETA
Dronni uchirish vaqti
Inna Varenythsia / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina QK jangchilari Baxmut atrofidagi pozitsiyada turib dronlarni boshqarmoqda
Inna Varenythsia / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk o‘qqa tutilishi

21 dekabr kuni kechqurun ukrain qo‘shini okkupatsiya ostidagi Donetskka hujum qildi. Shahardagi uch rayon zarba ostida qolgan: Kuybishev, Petrovsk va Kiyev rayonlari. Gaz uzatish quvuri, elektr uzatish liniyasi va bir qancha turar joy binolari shikastlangan. Donbassda sulhga erishish bo‘yicha nazorat va kordinatsiya qo‘shma markazi (SsKK) ma’lumotiga ko‘ra, tinch aholi vakillari bo‘lgan uch kishi jarohatlangan, ular orasida 16 yoshli qiz ham bor. 

Ukraina qurolli kuchlari zarbasidan keyin Donetsk ko‘chalaridan biridagi politsiyachi
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid