22 dekabr kuni Toshkent shahrida havo sifati 169 darajani qayd etgan. IQAir ma’lumotiga ko‘ra, poytaxt havosining asosiy ifloslanishi PM2.5  dispers zarrachalari hisobiga to‘g‘ri keladi. 

Havo tarkibini ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi:

  • PM2.5 – 90.2µg/m³ 
  • PM10 – 88.1µg/m³ 
  • O3 – 7.9µg/m³ 
  • NO2 – 0µg/m³
  • SO2 – 15.4µg/m³. 

IQAir platformasi havo tarkibida PM2.5 zarrachasining bu miqdorini JSST belgilagan me’yordan 18 marta ko‘p deb ko‘rsatyapti. 

Havo sifati AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi stansiyasida – 385, 15 shifoxona hududidagi stansiyasida – 166 va Xalqlar do‘stligi huddudidagi stansiyasida – 158 darajada yomonlashgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq  2022 yil 17 oktyabr kuni kechqurun Toshkent havosida mayda PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi ruxsat etilgan me’yordan 42 barobarga ortib, 212 mkg/m³ga yetgandi.