Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Tracker 10 va 8 yashar ikki nafar bolani urib yubordi
YTH natijasida piyodalar - 2015 va 2013 yilda tug‘ilgan bolalar tan jarohati olgan.
Toshkent shahar Yunusobod tumanida Tracker va ikki nafar piyoda ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, joriy yilning 20 dekabr kuni soat 16:30 larda Yunusobod tumani 8-mavze 16-uy qarshisida haydovchi 1986 yilda tug‘ilgan N.A. (ayol kishi) Tracker rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib 2 nafar piyodani urib yuborgan.
YTH natijasida piyodalar - 2015 yilda tug‘ilgan Z.A. va 2013 yilda tug‘ilgan M.A. tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishni va harakat davomida hushyorlikni yo‘qotmaslikni so‘rab qolamiz", deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga oid
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026