O‘zbekiston | 14:20 / 22.12.2023
2540
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy O‘zbekistonda ekstremal turizm obektlari loyihalarini ishlab chiqadi

Xitoydagi Tyanmen tog‘larida O‘zbekiston turizmi targ‘ib qilinadi.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

Turizm qo‘mitasi raisining Xitoyga tashrifi davomida Hunan provinsiyasi gubernatori o‘rinbosari Sin Gaoven bilan turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kelishuvlarga binoan, tog‘ cho‘qqilari va kanonlarda dor yo‘llari va oynali osma ko‘priklar qurilishi bo‘yicha Xitoyda birinchi o‘rinda turadigan Hunan provinsiyasi mutaxassislari ishtirokida O‘zbekistonda ekstremal turizm obektlari loyihalari ishlab chiqiladi.

Shuningdek, mashhur Chjan’ye Dansya milliy geoparki hamda Tyanmen tog‘i kuzatuv maydonlarida O‘zbekiston turizmi targ‘ib qilinadi.

Ma’lumot uchun, turistik mavsumda (asosan iyun-avgust oylari) mazkur obektlarga kuniga 40-50 mingga yaqin sayyoh tashrif buyuradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid