Daniya va AQSh harbiy hamkorlik shartnomasini imzoladi
Kelishuv AQShga Daniya shimolidagi bazalarida askar va qurollarni joylashtirish imkonini beradi. AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen bu Yevropa xavfsizligini mustahkamlaydi, deb hisoblaydi.

Foto: Ritzau Scanpix/Ritzau Scanpix/picture alliance
Shvetsiya va Finlandiyadan keyin NATO a’zosi Daniya AQSh bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzdi. Tegishli hujjatlar 21 dekabr kuni Vashingtonda Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen va AQSh davlat kotibi Entoni Blinken tomonidan imzolandi.
Kelishuv AQShga Daniya shimolida askar va harbiy texnika joylashtirish imkonini beradi. Shuningdek, amerikaliklar Daniya harbiy-havo kuchlarining uchta bazalariga – Karup, Alburg va Skridstrupdan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Rasmussen bu nafaqat Daniya, balki Yevropa va transatlantika xavfsizligini ham mustahkamlashiga ishonch bildirdi.
Vashington va Kopenhagen o‘rtasidagi shartnoma Farer orollari va Grenlandiyaga taalluqli emas, ular asosan o‘zini o‘zi boshqaradigan hududlardir.
AQShning Yevropadagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash
«Urush, mojaro va ishonchsizlik davrida AQShning Yevropadagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash muhim. Daniya va Yevropa mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak hamda biz bu kelishuvni tuzish orqali shunday qilyapmiz», - deya ta’kidladi Lars Lyokke Rasmussen. Entoni Blinken, o‘z navbatida, Daniya Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi «strategik muvaffaqiyatsizlik» bo‘lishini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarda yetakchi rol o‘ynashini ta’kidladi.
Bitim har ikki davlat qonun chiqaruvchi organlari tomonidan ma’qullangandan keyingina kuchga kiradi. Daniya bunga erishish uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritishi kerak bo‘ladi. Bu boradagi ishlar kelgusi yilda boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Malayziya O‘zbekiston OTM uchun ingliz tilidagi ilmiy adabiyotlarni taqdim etdi
O‘zbekiston | 07:51
-
Arab davlatlari isroillik vazirning G‘arbiy sohil anneksiyasi haqidagi chaqirig‘ini qoraladi
Jahon | 07:48
-
Rossiyada vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga olib kelindi
O‘zbekiston | 07:45
-
Oqova suv tizimini boshqarish sohasida innovatsion yechimlar joriy etiladi
O‘zbekiston | 07:44
Mavzuga oid

21:31 / 03.07.2025
AQSh Eronga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi

19:18 / 03.07.2025
“Ilon Mask o‘z bizneslaridan xavotirda, Tramp bilan to‘qnashuvini esa kutgandik" - amerikalik tahlilchi

16:57 / 03.07.2025
AQSh nafaqat Ukrainaga, balki boshqa mamlakatlarga ham harbiy yordamni to‘xtatdi

15:55 / 03.07.2025