16:24 / 23.12.2023
7476

Germaniya Ukrainaga harbiy texnika va o‘q-dorilar yubordi

Yangi yordam paketiga Gepard o‘ziyurar zenit moslamalari, Vector dronlari, Leopard tanklari uchun o‘q-dorilar, yuk mashinalari kiritilgan.

Foto: AP

Berlin Kiyevga harbiy texnika va o‘q-dorilarni o‘z ichiga olgan yangi harbiy yordam paketini yubordi, bu haqda 22 dekabr, juma kuni Germaniya hukumati saytining Ukrainaga yetkazilgan nemis yordami yangilangan ro‘yxati e’lon qilingan bo‘limida ma’lumot berildi

Eng so‘nggi yetkazib berishlar orasida uchta Gepard o‘ziyurar zenit moslamasi (ularning umumiy soni 52 donaga yetdi), shuningdek, ular uchun 30 240 zirhli zenit o‘q-dorilari va Leopard 2 A6 tanklari uchun noma’lum miqdordagi o‘q-dorilar (ilgari 18 dona bunday transport vositalari Ukrainaga Germaniyadan yuborilgan) mavjud.

Bundan tashqari, paketga 2500 ta 155 mm artilleriya snaryadlari, ikkita WISENT 1 minalarni tozalash zirhli mashinasi (ularning umumiy soni 14 ta), ehtiyot qismlar to‘plamiga ega 10 ta Vector razvedka droni (umumiy soni - 162 dona), ikkita chegara xizmati avtomashinalari (umumiy soni – 243 ta), AMPS vertolyotlari uchun ikkita raketaga qarshi mudofaa tizimi (jami soni - 4), 8 ta og‘ir yuk tashuvchi Zetros yo‘ltanlamas avtomashinalari (umumiy soni – 240 ta), ikkita MAN HX81 yuk mashinasi va ular uchun beshta yarimtirkama (bu uskuna, masalan, zarar yetgan tanklarni ta’mirlash joyiga tortib olib borish uchun ishlatiladi, ularning umumiy soni 85 va 84 taga yetdi), mikroavtobuslar va yo‘ltanlamaslar (jami soni - 324 ta) bo‘lishi mumkin bo‘lgan noma’lum turdagi 8 ta transport vositasi, 25,5 mingdan ortiq 40 mm o‘q-dorilar, sanitariya-texnik vositalari kiritildi. 

Germaniya Ukrainaga qariyb 6 mlrd yevro miqdorida harbiy yordam berdi

Avvalroq, 21 dekabr kuni Germaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, birgina 2023 yilda Kiyev Berlindan 4,34 milliard yevrolik qurol-yarog‘ olgani, bundan tashqari, Germaniyada 10 ming ukrainalik harbiy tayyorgarlikdan o‘tgani ma’lum qilingandi. 2022 yilda Ukraina urushi boshlanganidan beri Germaniya 5,97 milliard yevro miqdorida harbiy yordam taqdim etdi. 

Mavzuga oid
Top