Statistika agentligi Özbekistonning 2023 yil yanvar-noyabr oylaridagi taşqi savdo aylanmasiga doir ma’lumotni e’lon qildi.

Qayd etilişiça, hisobot davrida respublika taşqi savdo aylanmasi (TSA) 57,3 mlrd dollarga yetgan. Bunda eksport hajmi 23,2 mlrd dollarni, import hajmi esa 34,1 mlrd dollarni taşkil etgan. Ötgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda eksport hajmi 30,6 foizga, import hajmi 23,3 foizga oşgan. Taşqi savdo salbiy saldosi esa 10,9 mlrd dollarga yetgan.

Xitoy Özbekistonning eng yirik savdo şerigi sifatidagi örnini saqlab qolgan. Hisobot davrida özaro tovar ayirboşlaş hajmi 12,2 mlrd dollarga yetgan. Bu respublika umumiy taşqi savdo aylanmasi hajmining 21,3 foizini taşkil qiladi. Şuningdek, taşqi savdo aylanmasining salmoqli qismi Rossiya (15,5 foiz), Qozoğiston (7 foiz), Turkiya (5 foiz) va Janubiy Koreya (3,7 foiz) bilan qayd etilgan.

2023 yilning yanvar–noyabr oylarida Özbekiston taşqi savdo aylanmasida eng yuqori uluşga ega bölgan top-10 davlat:

●     Xitoy – 12,2 mlrd dollar;

●     Rossiya – 8,8 mlrd dollar;

●     Qozoğiston – 4 mlrd dollar;

●     Turkiya – 2,8 mlrd dollar;

●     Koreya – 2,1 mlrd dollar;

●     Turkmaniston – 970 mln dollar;

●     Germaniya – 962 mln dollar;

●     Qirğiziston – 878 mln dollar;

●     Fransiya – 832 mln dollar;

●     Afğoniston – 784 mln dollar.

Taşqi iqtisodiy faoliyat böyiça 20 ta yirik hamkor davlatdan faqatgina uçta mamlakat – Afğoniston, Qirğiziston va Tojikiston bilan ijobiy taşqi savdo balansi kuzatilgan. Qolgan 17 ta davlat bilan passiv taşqi savdo balansi saqlanib qolgan.