O‘zbekistonda madaniy meros obektlariga 28 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazilgan
O‘zbekistonda madaniy meros obektlariga umumiy hisobda 28 milliard so‘mdan ziyod zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.

Foto: madaniymeros.uz
2023 yil davomida madaniy meros obektlarini asrashga doir ishlar bo‘yicha 53 ta madaniy meros obektida restavratsiya, ta’mirlash-tiklash ishlarini bajarish va qolgan obektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun 49,1 milliard so‘mlik shartnomalar rasmiylashtirilgan va ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, 5 ta davlat muzeyi binolarini mukammal ta’mirlash uchun 2,7 milliard so‘mlik pudrat shartnomalari rasmiylashtirilgan, 6 ta davlat muzeyi binosini mukammal ta’mirlash uchun loyihalashtirish tashkilotlari bilan 414 million so‘mlik loyiha shartnomalari ustida ish olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, 2023 yil davomida madaniy meros obektlari hamda uning tutash hududlarida 160 (25 ta jinoiy, 135 ta ma’muriy) noqonuniy holatlar aniqlangan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan.
Amalga oshirilgan davlat nazorati tadbirlarida madaniy meros obektlariga umumiy hisobda 28 milliard so‘mdan ziyod zarar yetkazilgani aniqlangan.
Mamlakat hududidan madaniy boyliklarni noqonuniy yo‘llar bilan olib chiqishga urinish holatlari davomida jami 1,6 milliard so‘mlik 2036 ta ashyo tegishli tartibda to‘xtatib qolingan va 210 ta ekspertiza xulosasi tayyorlangan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda eksklyuziv huquqlarga ega kompaniyalar reyestri e’lon qilindi
O‘zbekiston | 14:25
-
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti
Jahon | 14:20
-
O‘zbekiston va Britaniya energetika xavfsizligini ta’minlashda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 14:11
-
AQShda Harvardning 2,2 mlrd dollarlik grantlari muzlatib qo‘yildi
Jahon | 13:59
Mavzuga oid

15:03 / 15.03.2025
Qoraqalpog‘istonda ilk bor Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi

16:54 / 12.02.2025
Rossiya bilan kino sohasida hamkorlik qilinadi

20:18 / 24.01.2025
Malayziya instituti O‘zbekistonning qadimiy va noyob merosini targ‘ib qiladi

21:27 / 24.12.2024