Toşkent şahrida quriliş sabab yana daraxt kesildi. Bu haqda Kun.uz’ga öşa hududda yaşovçi bir neçta fuqarodan murojaat kelib tuşdi.

Murojaatda aytilişiça, Yunusobod tumanining Şahriston mahallasi hududida joylaşgan “UNG Petrol” AYoQŞ oldidagi yaşil hudud örab olingan va daraxtlar birin-ketin kesib taşlanmoqda.  

“Şaharda har bir daraxtni asraş muhim bölib turgan bugungi paytda bildirmasdan kesib, yöq qilib yuborişmoqda. Bunga kim javob beradi?” deyiladi murojaatda.

AYoQŞ yonidagi mazkur hududda yaqingaça köplab daraxt bölgan.

Ammo hozirda esa uşbu maydon quriliş uçun örab olingan va daraxtlar deyarli körinmaydi. Örab olingan konstruksiya (tösiq)larda loyiha haqida körgazmali ma’lumotlar joylanmagan.

Kun.uz holat yuzasidan “Özbekneftgaz” AJ matbuot xizmati bilan boğlandi. Ma’lum qilinişiça, uşbu yaşil hudud “Özbekneftgaz” AJga qaraşli emas. Biroq AYoQŞ xodimlari tomonidan hududning tozaligi va u yerdagi daraxtlarga qarab kelingan. Yaqinda bir tadbirkor kelib, bu yer unga tegişli ekanini, quriliş qilmoqçiligini aytgan hamda yaşil hududni örab olgan.

Hokimlik va ekologiyaga mas’ul idoralardan izoh kutib qolamiz.

Oldinroq poytaxtning Çilonzor tumanida ham 29 tup köp yillik daraxt kesib taşlangandi.