Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navalniy Yamal-Nenetsdagi rejimi kuchaytirilgan koloniyadan topildi
U bilan 6 dekabrdan beri aloqa uzilib qolgan edi.
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy tirik va hozir Yamal-Nenets avtonom okrugidagi Xarp qishlog‘ida joylashgan jazoni o‘tash koloniyasida saqlanmoqda. Bu haqda uning matbuot kotibi Kira Yarmish xabar berdi.
«Advokat bugun uni ko‘rdi. Alekseyning ahvoli yaxshi», deb yozdi Yarmish ijtimoiy tarmoqda.
«U yerda sharoit og‘ir, doimiy muzlik zonasida maxsus rejimli koloniya. U yerga borish juda qiyin, xat yetkazib berish va boshqa aloqa tizimi yo‘q», deb ma’lumot berdi Korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi direktori Ivan Jdanov.
«Bu odamni dunyodan uzish, izolyatsiya qilishning mumkin bo‘lgan eng yuqori darajasi. Hammasi shuning uchun qilindi», deb qo‘shimcha qildi Navalniy safdoshi Leonid Volkov.
Aleksey Navalniy bilan 6 dekabrdan boshlab aloqa uzilib qolgan edi. Dastlab, bir necha kun davomida uning advokatlari turli bahonalar bilan Vladimir viloyatidagi jazoni o‘tash koloniyasiga kiritilmadi. Keyinchalik, uning koloniyadan boshqa joyga ko‘chirilgani aytildi. Ammo advokatlar uning qayerga ko‘chirilgani haqida ma’lumot olisholmadi.
Mavzuga oid
16:10 / 10.03.2026
Navalniy jamoasi jasad yorilishi bo‘yicha materiallarni oshkor qildi
16:35 / 17.02.2026
Kreml Navalniyning zaharlanishi haqidagi ayblovlarni “qat’iy” rad etdi
11:54 / 17.02.2026
15 davlat Navalniyning o‘limini tergov qilishni talab etmoqda
11:04 / 16.02.2026