Misrning «Sada al-Balad» axborot agentligi veb-saytida Özbekistonning suv xavfsizligini ta’minlaş böyiça siyosatiga bağişlangan maqola joylaştirildi.
«Sönggi yillarda Özbekistonda davlat siyosatining ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini jadal rivojlantirişga katta e’tibor berilmoqda, - deyiladi maqolada. - Bu esa, öz navbatida, respublikaning suvga bölgan ehtiyojining ham keskin ortişiga olib kelmoqda. Bundan taşqari, global iqlim özgarişlari, aholi soni ösib borayotgani, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kuzatilayotgan jadal rivojlaniş va ulardagi suvga bölgan talab ösişi tufayli Özbekistonda suv resurslari taqçilligi yildan yilga ortib bormoqda».
Qayd etilganidek, Özbekistonning «Suv va suvdan foydalaniş töğrisida»gi qonuniga asosan respublikada suvdan foydalaniş sohasida davlat boşqaruvi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, şuningdek, suvdan foydalanişni bevosita yoki havza (hududiy) boşqarmalari orqali tartibga soluvçi maxsus vakolatli davlat boşqaruvi organlari tomonidan amalga oşiriladi.
«Suvdan foydalaniş va uni muhofaza qiliş sohasini yanada takomillaştiriş, yuzaga kelayotgan yangi tahdidlarga qarşi samarali kuraşiş maqsadida sohada bir qator institutsional va me’yoriy-huquqiy özgarişlar amalga oşirilmoqda», - deb yozgan agentlik. - Natijada, mamlakatda barça yerusti suv obektlarida suvning oqilona boşqarilişi, suvdan foydalaniş va suv iste’moli qoidalariga rioya etilişi hamda suv xöjaligi sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlaş, ularning kelib çiqiş sabablari va şart-şaroitlarini bartaraf etiş borasida kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda».
Materialda 2022-2026 yillarga möljallangan yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasining 31-maqsadida suv resurslarini boşqariş tizimini tubdan isloh qiliş va suvni iqtisod qiliş böyiça alohida davlat dasturini amalga oşiriş va şu orqali kamida 7 milliard kub metr suvni iqtisod qiliş, suv xöjaligi obektlarida elektr energiyasi iste’molini kamaytiriş hamda suv xöjaligi obektlarini davlat-xususiy şerikçilik tamoyillari asosida boşqariş nazarda tutilgani ta’kidlangan. Mazkur strategiyaning 34-maqsadida esa respublika aholisining içimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 87 foizga yetkaziş, 32 ta yirik şahar va 155 ta tumanlar markazlarida oqova suv tizimlarini yangilaş belgilangan.
«Umuman olganda, Özbekistonda suv xavfsizligini ta’minlaş nafaqat içki islohotlarni, balki Markaziy Osiyo davlatlarining muştarak sa’y-harakatini talab qiladi. Özbekiston uşbu sohada milliy qonunçilikni takomillaştiriş, mintaqaviy ahamiyatga ega bölgan taşabbuslarni ilgari suriş, BMT va boşqa xalqaro taşkilotlar loyihalarini qöllab-quvvatlaş orqali faollik körsatmoqda», - deb yozgan «Sada al-Balad».

















