Belgrad: saylovlardagi soxtalashtirishga qarshi aksiyalar davom etmoqda
Yuzlab odamlar Belgradda so‘nggi parlament saylovlaridagi soxtalashtirishga qarshi norozilik bildirish uchun ko‘chalarni to‘sib qo‘yishdi. Muxolifat tarafdorlarining namoyishlari sakkizinchi kundan beri davom etmoqda, kamida 38 kishi qo‘lga olingan.

Foto: Marko Djurica/Reuters
Serbiya poytaxti Belgradda 25 dekabr, dushanba oqshomida mamlakatda bir hafta oldin o‘tkazilgan parlament va mahalliy saylovlarda soxtalashtirish sodir etilganiga qarshi namoyishlar davom etdi. AP xabariga ko‘ra, yuzlab odamlar, asosan, talabalar davlat saylov komissiyasi binosiga kelgan, so‘ngra poytaxt markaziy politsiya bo‘limiga yo‘l olgan, u yerda ilgari qo‘lga olingan namoyishchilar saqlanmoqda.
Shuningdek, «Serbiya zo‘ravonlikka qarshi» muxolifat siyosiy koalitsiyasining yuzlab tarafdorlari Serbiya hukumati binolari va xorijiy elchixonalar joylashgan Knez Milosh markaziy ko‘chasini to‘sib qo‘yishdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, politsiya bilan to‘qnashuvlar bo‘lmagan, talabalar yo‘lda futbol va voleybol o‘ynashgan.
«Men 2002 yilda tug‘ilganman va demokratiya uchun kurashish uchun ota-onam kabi hech qachon ko‘chaga chiqmasligim kerak, deb o‘ylagandim. Lekin men majbur bo‘ldim», — deya AFP namoyishchilardan biri, 21 yoshli talaba Emiliya Milenkovichning so‘zlaridan iqtibos keltirgan.
Prezident noroziliklar xorijdan uyushtirilganini da’vo qilmoqda
Serbiya politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlar sakkiz kundan beri to‘xtamayapti, kamida 38 kishi qo‘lga olingan. Ular konstitutsiyaviy tuzumni kuch bilan o‘zgartirish va hukumatni ag‘darishga urinish, shuningdek, zo‘ravonlik harakatlarida ayblanmoqda, dedi 25 dekabr kuni Serbiya politsiya departamenti rahbari Ivitsa Ivkovich. Uning so‘zlariga ko‘ra, sakkiz nafar politsiyachi jarohatlangan, ulardan ba’zilari og‘ir ahvolda. Namoyishchilar, o‘z navbatida, politsiyani ularga nisbatan asossiz zo‘ravonlik qo‘llaganlikda ayblamoqda.
Shu kuni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich bir kun avval sodir bo‘lgan tartibsizliklarni xorijdan qo‘zg‘atilgan Serbiya hukumatini ag‘darishga urinish deb atadi.
Saylovda Vuchichning partiyasi g‘alaba qozondi
Serbiyada saylovlar 17 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Prezident Vuchichning hukmron o‘ng qanot populist Serbiya progressiv partiyasi (SNS) Xalq assambleyasiga (bir palatali parlament) saylovlarda qariyb 47 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Muxolifatdagi «Zo‘ravonlikka qarshi Serbiya» 23 foiz to‘plagan.
Ertasi kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevropa Ittifoqi parlamenti va Yevropa kengashi vakillaridan iborat xalqaro kuzatuvchilar missiyasi saylov uchastkalarida qator qonunbuzarliklar, xususan, zo‘ravonlik, ovozlarni sotib olish va soxta saylov byulletenlarini tashlash holatlari haqida xabar berdi. Vuchich soxtalashtirish bo‘yicha ayblovlarni rad etyapti.
18 dekabr kuni kechqurun Belgradda serb muxolifatining minglab tarafdorlari soxtalashtirishlarga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi. Sotsial-demokratik erkinlik va adolat partiyasi vitse-prezidenti Marinika Tepich Belgraddagi saylov natijalari bekor qilinmaguncha muddatsiz ochlik e’lon qildi.
Namoyishlar 24 dekabr, yakshanba kunigacha tinch o‘tdi, o‘shanda yuzlab namoyishchilar poytaxt shahar ma’muriyati binosiga bostirib kirishga uringan, ularning ba’zilari bino oynalarini sindirgan. Politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi, o‘nlab odamlar qo‘lga olindi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Abadiy jangga tayyor» Rossiya, Trampni pulga ko‘mgan arablar – hafta dayjesti
Jahon | 13:09
-
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
O‘zbekiston | 09:56
-
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
O‘zbekiston | 09:24
-
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:00
Mavzuga oid

13:39 / 28.04.2025
Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlari aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ldi

11:58 / 11.03.2025
Tesla aksiyalari qiymati bir kunda 15 foizga tushib ketdi

10:29 / 06.02.2025
Adliya vazirligi “Ziyo ulash” kitob ulashish aksiyasini kengaytirmoqda

08:36 / 23.12.2024