Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xotin-qizlarni hunarmandchilikka o‘rgatish xarajati bir qismi davlat tomonidan moliyalashtiriladi
Ayollar kiyim-kechaklarini ishlab chiqaruvchilarga bino ijarasining to‘lovi Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.
Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar faolligini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi.
2024 yilning 1 fevralidan kasanachilik va hunarmandchilik yo‘nalishida yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar uchun tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish, takomillashtirish hamda ularga uslubiy yordam berish maqsadida kasb-hunarga o‘qitish kurslari tashkil etiladi.
Bunda, kurslar ta’lim tashkilotlarida tajribali kasanachi va hunarmandlarni jalb etgan holda amalga oshiriladi. Kasb-hunarga o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida moliyalashtiriladi.
Ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘qitilgan har bir bitiruvchi xotin-qiz uchun sarflangan o‘qitish xarajatlarining 70 foizi, biroq BHMning 5 barobaridan (1,7 mln so‘m) oshmagan qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Ishsiz xotin-qizlar zamonaviy milliy liboslarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish maqsadida tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng bino va inshootning dastlabki 3 oylik ijara to‘lovi 2024 yildan BHMning 10 baravarigacha (3,4 mln so‘m) miqdorda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.
Mavzuga oid
11:46 / 28.10.2025
Toshkentda naqqoshlik san’ati markazi ochildi
09:21 / 17.09.2025
Qo‘qonda Xalqaro hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tadi
14:10 / 01.09.2025
Germaniya O‘zbekistondan ishchilarni hunarmandchilik korxonalariga jalb qiladi
16:28 / 17.08.2024