O‘zbekiston | 12:15 / 28.12.2023
9285
3 daqiqa o‘qiladi

29 dekabrda ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin

«O‘zgidromet» 29 dekabr, juma kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +4...+6 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +0...+5 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +4...+9 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +4...+9 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid