Tojikistonda Rog‘un GESning uchinchi agregati 2025 yilda ishga tushiriladi

Foto: tnu.tj
Tojikistondagi eng yirik Rog‘un gidro elektr stansiyasining olti blokidan uchinchisi 2025 yilda ishga tushiriladi. Bu haqda respublika prezidenti Imomali Rahmon parlamentga yo‘llagan har yilgi murojaatida ma’lum qildi.
«Biz „Rog‘un“ gidro elektr stansiyasining uchinchi agregatini 2025 yilda ekspluatatsiya qilishga qaror qildik», — degan Rahmon.
Tojikiston prezidenti buning uchun 2023 yilda mamlakat budjetidan 5 mlrd somoniydan (454,5 mln dollar) ortiqroq mablag‘ ajratilganini ma’lum qilgan. U ayni vaqtda mazkur GESda 15 ming nafar mutaxassislar va 3,5 mingta qurilish texnikalari ishlayotganini qo‘shimcha qilgan.
Rahmonning ma’lum qilishicha, Tojikistonda yakunlanayotgan yil davomida energetika obektlarini tiklash uchun 9 milliard (829 million dollar) somoniy yo‘naltirilgan.
«Agar shunday qilinmaganida, bugun biz butunlay elektrsiz qolgan bo‘lardik», — degan u.
2032 yilga borib Tojikiston muqobil energiya manbalariga o‘tishi rejalashtirilgan. Murojaatda respublika yashil energiya ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinda turishi ta’kidlangan.
- Rog‘un GES Dushanbedan 110 km masofada Vaxsh daryosida joylashgan bo‘lib, mintaqada eng yirigi hisoblanadi. Uning qurilishi 1976 yilda boshlangan, ammo SSSR parchalangach ish to‘xtab qolgan. Keyinroq Tojikiston GES qurilishi bo‘yicha ishlarni davom ettirdi, loyihada ko‘zda tutilgan har birining quvvati 600 MVt.ga teng bo‘lgan olti agregatdan hozirchasi faqat ikkitasi ishga tushirilgan. 2008 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda Rog‘un GESda rekonstruksiya, qurilish va montaj ishlariga mamlakat budjetidan va boshqa manbalardan qariyb 3 mlrd dollar ajratilgan. Ishga tushirilgach stansiya quvvati 3,6 GVt.ni tashkil etadi va balandligi 335 metr bo‘lgan to‘g‘on dunyodagi eng baland to‘g‘onga aylanadi.
Mavzuga oid

17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi

17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi

16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi

12:26 / 15.11.2024