Toshkentda avtobus boshqaruvi paytida sigaret chekkan haydovchi ishdan olindi
Toshkentda boshqaruv paytida sigaret chekkan 87-sonli avtobus haydovchisi ishdan olindi. «Toshshahartransxizmat» u korxonaning ichki mehnat tartibiga amal qilmaganini qayd etgan.
28 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchisi ish vaqtida tamaki mahsulotini iste’mol qilib ketayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur qoidabuzarlik «18-avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi 87-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi Yutong avtobus haydovchisi I.A. tomonidan sodir etilgan.
Kompaniya avtobus saroylarida faoliyat olib borayotgan har bir haydovchiga korxonaning ichki mehnat tartibiga amal qilish, shuningdek, harakat vaqtida uyali aloqa telefonidan foydalanmaslik va tamaki mahsulotini iste’mol qilmaslik bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazgan va ulardan talablarga rioya etishi yuzasidan kafolat xati olgan.
Ushbu kafolat xatiga asosida ichki tartib qoidalarni buzgani uchun haydovchiga nisbatan filial rahbariyati tomonidan qat’iy chora ko‘rilib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
- Avvalroq «Toshshahartransxizmat» rahbari avtobus haydovchilarining boshqaruv vaqtida mobil telefondan foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan reydda ishtirok etgan va yetti nafar haydovchi ishdan bo‘shatilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:17
«Toshshahartransxizmat»ga yangi rais tayinlandi
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
09:26 / 13.11.2024