Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtobus boshqarayotganda telefondan foydalangan 7 haydovchi ishdan olindi
«Toshshahartransxizmat» rahbari avtobus haydovchilarining boshqaruv vaqtida telefondan foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan reydda ishtirok etdi.
11 dekabr kuni «Toshshahartransxizmat» boshqaruvi raisi Anvar Jo‘rayev avtobus haydovchilarining mobil telefondan foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan reydda ishtirok etdi.
Yetti nafar haydovchi avtobuslarni boshqarayotganda telefondan foydalangan. Yo‘l harakati qoidalari va ichki mehnat qoidalari qo‘pol ravishda buzilgani sababli ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Kompaniya ularning ismlari va ishlagan yo‘nalishlarni e’lon qildi: 89-, 135-, 44-, 43-, 35-, 46- va 53-raqamli avtobuslar.
«Toshshahartransxizmat» yo‘lovchilarni avtobus haydovchisining mobil telefondan foydalanganiga guvoh bo‘lgan taqdirda, 1062 ishonch telefoniga murojaat qilishni so‘ragan.
Mavzuga oid
23:59 / 12.07.2026
Xitoyliklar telefonlaridan ko‘ra elektromobillarini tezroq yangilashmoqda
09:23 / 11.07.2026
Toshkentda avtobus qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlandi
17:09 / 02.07.2026
Gadjetlar tanangizni siz sezmagan usullarda o‘zgartirmoqda. Buning oldini olish mumkin
10:05 / 22.06.2026