Argentina prezidenti Xaviyer Miley BRICS a’zolariga yöllagan rasmiy maktublarida «hozir bu noörin» ekanini ta’kidlab, uşbu assotsiatsiyaga qöşilişdan boş tortganini ma’lum qildi. 

Maktubda aytilişiça, avvalgi hukumatning «ayrim qarorlari», jumladan, mamlakatning BRICS taşkilotida faol iştirok etişi uçun ixtisoslaştirilgan bölinma taşkil etilişi qayta körib çiqiladi. 

Prezident ma’muriyati BRICS taşkilotiga a’zolik iqtisodiy foyda keltirmaydi deb hisoblamoqda. Çunki iştirokçi davlatlar bilan har qanday tijorat aloqalarini taşkilotga qöşiliş zaruratisiz ikkitomonlama kelişib oliş mumkin. 

Hozir BRICS tarkibiga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika kiradi. 2022 yil yozida Argentina hukumati sobiq prezident Alberto Fernandes davrida ittifoqqa qöşiliş uçun ariza berdi. Biroq, Miley saylovoldi dasturida buni rad etişini aytdi. 

2023 yil avgust oyida BRICS mamlakatlari Argentinani rasman taklif qilişdi. Noyabr oyi oxirida Xaviyer Miley mamlakat prezidenti böldi, şundan söng uning yangi hukumati BRICS taşkilotiga qöşilmasligini ma’lum qildi. 

Avgust oyida Janubiy Afrikada ötkazilgan alyans sammitidan söng, Argentina bilan bir qatorda yana beşta davlat – Saudiya Arabistoni, BAA, Misr, Efiopiya va Eron 2024 yilning 1 yanvarida BRICS safiga qöşiliş taklifini olgan edi.