Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi shaxmat turnirida kelishilgan o‘yin o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi
Rossiyalik shaxmatchilar ochkolardan mahrum etildi.
Foto: fide.com
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Samarqanddagi blits bo‘yicha jahon chempionatida rossiyalik grossmeysterlar Daniil Dubov va Yan Nepomnyashchiy o‘rtasida o‘tkazilgan va durang natija bilan yakunlangan partiyani «kelishilgan» deb topdi. Har ikkala shaxmatchi 0,5 ochkodan mahrum qilindi. Bu haqda FIDE saytida xabar berildi.
Qayd qilinishicha, rossiyaliklar 11-turda to‘qnash kelgan va o‘yinning 13-yurishidayoq durangga rozi bo‘lishgan. Chempionat bosh hakami, slovakiyalik Ivan Sirovi ularni til biriktirganlikda gumon qilgan.
«Fikrimcha, buning uchun mas’uliyat har ikki shaxmatchi zimmasida, ular o‘yin natijasini oldindan rejalashtirishgan. Bu fikrim ularning yurishlariga asoslangan», dedi Siroviy.
Hakam rossiyaliklarga durang uchun belgilangan 0,5 ball o‘rniga 0 ball berdi. Dubov va Nepomnyashchiy bu qaror ustidan apellyatsiya berishdi, biroq FIDE Sirovini haq deb topdi.
Qayd qilish joiz, rossiyalik shaxmatchilar turnirda FIDE bayrog‘i ostida ishtirok etmoqda. Sanksiyalarga ko‘ra, ularga Rossiya bayrog‘i ostida ishtirok etish taqiqlangan.
Mavzuga oid
17:51 / 19.02.2026
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining Samarqand viloyatida sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi
08:21 / 19.02.2026
Samarqandda zamonaviy dor yo‘li qurilishi boshlandi
08:51 / 18.02.2026
Tuman sabab Istanbul-Toshkent reysi Samarqandga yo‘naltirildi
20:30 / 14.02.2026