G‘arb — Rossiyaning dushmani, qaysiki Ukraina yordamida o‘z masalalarini hal qilishga urinayotgan, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vishnevskiy nomidagi harbiy hospitalda Ukrainadagi harbiy harakatlarda yaralangan jangchilar bilan uchrashuv vaqtida.

«Gap ular bizning raqibga yordam berayotganidamas, ularning o‘zi raqibligida. Ular ularning qo‘li bilan o‘z masalalarini hal qilishmoqda, barcha gap shunda», — degan Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «asrlar mobaynida» shunday bo‘lib kelgan.

«Ukrainaning o‘zi bizga dushman emas. Rossiyaning dushmanlari — Rossiya davlatchiligi yakson bo‘lishi va jang maydonida Rossiyani strategik mag‘lubiyatga uchratishni istayotganlar», — deya qo‘shimcha qilgan u. U g‘arb Rossiyani mag‘lubiyatiga uchratishga erisha olmasligiga ishonch bildirgan.

G‘arb mamlakatlarining harbiy yordamlariga qaramay, ukrain harbiylari «asta-sekin bo‘shashib bormoqda, degan Putin. U Ukraina qurolli kuchlarida xorijdan yetkazib berilgan o‘q-dorilar tugab borayotgani, Rossiya esa, aksincha, ularni ishlab chiqarish hajmini oshirayotganini qayd etgan.

«Ular qadimdan o‘z oldiga Rossiya masalasini hal qilishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa-da, aftidan, biz o‘zimiz ular bilan shug‘ullanamiz», — deya xulosa qilgan prezident.

RF prezidenti G‘arb Ukrainadagi mojaro bo‘yicha ritorikasini o‘zgartirayotgani va uni yakunlash yo‘llarini izlayotganini, Rossiya ham uni imkon qadar tezroq yakunlashni istashi, ammo bu o‘z shartlari asosida bo‘lishini ma’lum qildi.

«Muammo mohiyati Ukrainada emas, balki Ukraina qo‘li orqali Rossiyani yo‘q qilishga urinayotganlarda. Mana gap qayerda. Ammo ular hech narsaga erisha olmaydi, bu shunchaki istisno qilingan, mutlaqo. Shunchaki mutlaqo istisno qilingan. O‘ylaymanki, buni anglashmoqda va ritorika o‘zgarmoqda», — degan u.

RF prezidenti G‘arbning Rossiyani harbiy va strategik mag‘lubiyatga uchratish uchun urinishlari rus askarining jasorati va matonati tufayli barbod bo‘lganini, bunda Rossiya harbiy sanoatining imkoniyatlari ham muhim rol o‘ynaganini ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda harbiy amaliyot hududida strategik tashabbus Rossiya qo‘lida. U komandirlar «topshiriqni katta qurbonliklar evaziga bajarmaslik»ni o‘rgangani va «raqibning jiddiy zarbasidan keyin» har qanday yurish amaliyoti o‘tkazishni yoqlayotganini aytib o‘tgan.