Unga ko‘ra, tuman/shaharlar darajasida ixtisoslashgan yordam hajmini ko‘paytirish orqali tuman/shahar aholisining viloyat markazlariga tibbiy yordam olish borasidagi murojaatlari 50 foizgacha (yiliga o‘rtacha 7 foizdan) qisqartiriladi.
Shuningdek, viloyat tibbiyot muassasalarida bajariladigan yuqori texnologik amaliyotlar ulushi 40 foizga oshiriladi.
Respublika tibbiyot muassasalarida bajariladigan yuqori texnologik amaliyotlar turini 1 500 taga yetkazish nazarda tutilmoqda.
12 ta Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlarning klinikalari ko‘p tarmoqli shifoxonalarga aylantiriladi.















