Ta’lim sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan tizim tashkilotlarida ish jarayonini raqamlashtirish maqsadida:
bola tug‘ilganidan so‘ng, doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan maktabda onlayn hisobga qo‘yiladi;
maktablarning har o‘quv yili uchun qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasida shakllantiriladi.
2023-2024-o‘quv yilidan “Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil qilinadi.
2024 yil 1 yanvardan maktab direktorlarini har 5 yilda bir marotaba kasbiy sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi.
Bunda, sertifikatsiyadan o‘ta olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.
















