Oksford islom tadqiqotlari markazida «O‘zbekiston kunlari» o‘tkaziladi
O‘zbekiston ilmiy markazlaridan tadqiqotchilarni Oksford islom tadqiqotlari markaziga amaliyot o‘tash uchun yuborish rejalashtirilmoqda.

Foto: Dunyo AA
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizomiy bilan muzokara o‘tkazdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, uchrashuvda Farhan Nizomiy O‘zbekiston boy ma’naviy, madaniy va ilmiy merosga ega ekanini, o‘zbek zaminining buyuk alloma va mutafakkirlari islom sivilizatsiyasi va jahon ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shganini ta’kidladi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning ixtisoslashgan muassasalari bilan ilmiy-tadqiqot va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish Oksford islom tadqiqotlari markazi faoliyatining ustuvor yo‘nalishi ekani alohida qayd etildi.
Shuningdek, O‘zbekistondagi o‘zgarishlar, mamlakatimizning xalqaro maydonda, shu jumladan islom olamidagi nufuzini oshirish bo‘yicha islohotlar yuksak baholandi.
Tomonlar qo‘shma ilmiy seminarlar tashkil etish, O‘zbekiston ilmiy markazlaridan tadqiqotchilarni Oksford islom tadqiqotlari markaziga amaliyot o‘tash uchun yuborish, nodir qo‘lyozmalarning faksimil nusxalarini olish va boshqa masalalarni muhokama qildilar.
Indoneziya va Malayziya kabi Osiyo mamlakatlarida o‘z samarasini isbotlagan islomiy moliya vositalarini ilgari surish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Muzokaralar yakunida Oksford markazida «O‘zbekiston kunlari» tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
-
Yaponiya o‘zbekistonlik haydovchilar uchun mehnat bozorini ochmoqda
O‘zbekiston | 15:20
-
Probatsiyani amalga oshirishga ko‘maklashgan shaxslar rag‘batlantirilishi mumkin
O‘zbekiston | 14:52
-
Toshkentda qutqaruvchilar uy ichida qulflanib qolgan 1 yoshli bolaga yordam ko‘rsatdi
O‘zbekiston | 14:51
Mavzuga oid

16:23 / 07.02.2025
O‘zbekistonning Islandiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

12:55 / 09.12.2024
Toshkentda islom tadqiqotlari bo‘yicha Oksford markazi yubileyiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkaziladi

16:19 / 20.08.2024
Britaniya kompaniyasi O‘zbekiston transport tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirdi

10:44 / 27.05.2024