Rossiya qo‘shini 2 yanvar kuni Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi: Kiyev shahri va Kiyev oblasti, Xarkiv shahri va Kirovograd oblasti bo‘ylab. Hujumlar oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, besh kishi halok bo‘lib, 100 dan ortiq kishi jarohatlangan. Kiyev va Xarkivda eng jiddiy vayrongarchiliklar kuzatilgan. Kiyevning Solomenskiy rayonida ikki kishi halok bo‘lib, yana 49 kishi yaralangan (bu yerda otishmalar vaqtida ko‘p qavatli uy yonib ketgan); boshqa rayonlarda ichimlik suvi va elektr ta’minotida muammolar yuzaga kelgan. Xarkivga Rossiya tomonidan olti raketa uchirilgan — zarba Shevchenkovo rayoniga yo‘llangan, bu yerda ko‘p kvartirali turar joy va xo‘jalik qurilmalari shikastlangan. 91 yoshli ayol raketa zarbasi qurboniga aylangan, yana 50 kishi, jumladan olti nafar bola ham jarohatlangan. RF mudofaa vazirligi Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalariga «yuqori aniqlikdagi qurollar» bilan zarbalar berilgani va «zarbalardan ko‘zlangan maqsadlarga erishilgani»ni ma’lum qilgan. Quyida hujumga uchragan shaharlar 2 yanvar tongida qanday ko‘rinishda bo‘lgani aks etgan suratlar.

Kiyev

Rossiya hujumidan keyingi Kiyev osmoni
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Raketa zarbasidan keyin yong‘in chiqqan avtosalon hududi
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
O‘sha avtosalon
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Rossiya snaryadi urilishidan yonib ketgan gaz quvuri hududida ishlayotgan o‘t o‘chiruvchi
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Kiyevda yonib ketgan avtosalon
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Rossiya raketa zarbasidan jiddiy darajada shikastlangan uy