O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan bir qancha qonunlar bilan shartnomalar ratifikatsiya qilindi. 

Jumladan, O‘zbekiston bilan Italiya Respublikasi o‘rtasida quyidagi shartnomalar ratifikatsiya qilindi: 

- Ushlab berish to‘g‘risidagi Shartnoma; 

- Jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnoma; 

- Mahkumlarni topshirish (ekstraditsiya) to‘g‘risidagi Shartnoma. 

Ushbu shartnomalar 2023 yil 8 iyun kuni Rimda Italiya va O‘zbekiston tomonidan imzolangan.