Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Binance xalqaro kriptovaluta birjasini bazaviy hisoblaş miqdorining 300 barobari (102 mln söm) miqdorida jarimaga tortdi.
Qayd qilinişiça, birja Özbekiston Respublikasi hududida faoliyatni taşkil etiş, jumladan, tegişli xizmat körsatuvçi provayder litsenziyasini oliş böyiça tegişli çoralar körmagan.
Şu bilan birga, Binance faoliyatida bir qança qonunbuzarliklar aniqlangan:
– Binance platformasida operatsiyalar anonim kripto-aktivlar, şuningdek, jinoiy yöl orqali olingan kripto-aktivlar va mablağlar (öğrilik, firibgarlik va boşqalar) bilan amalga oşirilgan;
– kompaniya yuridik şaxs – Özbekiston Respublikasining rezidenti emasligi;
– Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan serverlarda elektron platforma mavjud emasligi;
– Özbekiston Respublikasining kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi, şuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurollarini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş, şuningdek şaxsiy ma’lumotlarni saqlaş va ulardan foydalaniş sohasidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilmayotgani;
– bir qismi Özbekiston Respublikasi tijorat bankida alohida hisobvaraqda saqlanişi zarur bölgan ustav jamğarmasi (kapitali) mavjud emasligi.
Aniqlangan qoidabuzarliklar asosida kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalaş talablari va şartlariga rioya etilişini tekşiriş böyiça bayonnoma tuzilib, körib çiqiş va qoidabuzarliklarni bartaraf etiş çoralarini köriş uçun Binance birjasiga yuborilgan.
Qayd qilinişiça, amaldagi qonunçilikka köra, 2023 yil 1 yanvardan boşlab, Özbekiston fuqarolari va yuridik şaxslari kriptovaluta aktivlarini sotib oliş, sotiş va (yoki) ayirboşlaş böyiça operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oşirişi mumkin.

















