Polsha fermerlari Ukraina bilan chegaradagi o‘tkazish punktini yana to‘sib qo‘ydi
Polshalik fermerlar noyabr oyida boshlangan va rojdestvoda to‘xtatilgan «Medika - Shegini» nazorat-o‘tkazish punktida norozilik aksiyasini qayta tikladi.

Foto: Picture Alliance
Polshalik fermerlar va tashuvchilar yana Polsha-Ukraina chegarasidagi «Medika - Shegini» nazorat-o‘tkazish punktini to‘sib qo‘yishni boshladi. RMF24 axborot portalining 4 yanvar, payshanba kuni xabar berishicha, rojdestvoda to‘xtatilgan norozilik aksiyasi mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da qayta boshlangan. Boshqa narsalar qatorida, uning ishtirokchilari makkajo‘xori sotib olish uchun davlatdan subsidiyalar, kredit va soliq siyosatini yumshatishni talab qilmoqda.
Namoyishchilardan biri Roman Kondrovning aytishicha, agar Polsha Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan polshalik fermerlar talablarini inobatga olgan holda shartnoma imzolansa, blokadaga barham berish mumkin. Polskie Radio xabar berishicha, aksiya ishtirokchilari chegaradan soatiga uchta mashina o‘tishiga ruxsat beryapti. «Medika - Shegini» nazorat-o‘tkazish punkti bir oyga to‘sib qo‘yilishi kutilmoqda.
Polsha-Ukraina chegarasidagi nazorat punktlari blokadasi
O‘tgan yilning 11 dekabr kuni Ukraina va Polsha o‘rtasidagi chegaradagi eng yirik nazorat-o‘tkazish punkti - «Yagodin - Doroxusk» polshalik tashuvchilar tomonidan bir necha haftalik blokadadan so‘ng yuk mashinalari harakati uchun qayta ochildi. Polshaning Doroxusk rasmiylari ushbu nazorat-o‘tkazish punktida norozilik namoyishlarini o‘tkazishga berilgan ruxsatnoma bekor qilinishini bildirdi. Biroq, 18 dekabr kuni blokada qayta tiklandi.
Polsha tashuvchilariga keyinroq fermerlar ham qo‘shildi, ular noyabr oyining o‘rtalarida Ukraina bilan chegaradagi yo‘l nazorat-o‘tkazish punktlarini, jumladan «Yagodin - Doroxusk», «Krakovets - Korchevaya», «Xrebennoye - Rava-Russkaya», «Medika - Shegini»Shegini yo‘llarini to‘sib qo‘ydi. Ular Ukraina tijorat tashuvchilari uchun avval bekor qilingan ruxsatnoma tizimini tiklashni talab qilmoqda, biroq insonparvarlik yordami va harbiy yuklar bundan mustasno. O‘tkazish punktlarining to‘sib qo‘yilishi natijasida minglab yuk mashinalari chegarada to‘planib qolgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
AQSh davlat kotibi Rossiya prezidentini harbiy jinoyatchi deb atashdan bosh tortdi
Jahon | 01:12
-
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 yig‘ilishidagi so‘nggi ma’lumotlar
Jahon | 00:45
-
Britaniyaliklar Everestni yangi usulda zabt etdi
Jahon | 23:43 / 21.05.2025
Mavzuga oid

00:45
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 yig‘ilishidagi so‘nggi ma’lumotlar

21:37 / 21.05.2025
Ispaniyada Yanukovichning safdoshi otib ketildi

21:02 / 21.05.2025
Tramp ittifoqchilarga Rossiya g‘alaba qozonishiga ishonchi komilligini aytdi – OAV

20:01 / 21.05.2025