O‘zbekiston | 07:34 / 05.01.2024
9039
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent ko‘chalariga haydovchilar uchun ma’lumotlar yozilgan ekranlar o‘rnatiladi

Poytaxt hokimligi huzuridagi departament tomonidan Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasida fuqarolarni real vaqt rejimida yo‘l harakatidagi vaziyat to‘g‘risida xabardor qilish uchun o‘zgaruvchan ma’lumotlar tablosi o‘rnatildi. 

Foto: Raqamli rivojlanish departamenti

Yakkasaroy tumanida dekabr oyi boshida olib borilgan obodonlashtirish ishlari paytida shahar hokimligi Raqamli rivojlanish departamenti taklifi bilan Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasiga o‘zgaruvchan ma’lumot tablosi o‘rnatdi. Ular odatda fuqarolarni yo‘l harakatidagi vaziyat, tezlik chegaralari va boshqalar haqida xabardor qilish uchun yo‘lning yuqori qismiga joylashtiriladi.

Shahar ma’muriyati tablodan foydalanishni 2019 yilning bahoridayoq boshlagan edi. O‘shanda ekranlarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida ogohlantirishlar berilgan, 2020 yilgi karantin paytida eslatmalar qo‘shilgan edi. Shaharda jami sakkizta ekran bor edi. To‘g‘ri foydalanilmagani sababli, ma’lum vaqt o‘tgach, tablolar ishlashdan to‘xtadi va yo‘llar ustida qora to‘rtburchaklar kabi osilib qoldi.

2023 yil kuzida Raqamli rivojlanish departamenti ma’lumot tablolarini qayta tiklash tashabbusi bilan chiqdi.

Yangilangan tablolarda 14 turdagi ma’lumotlarni aks ettirish rejalashtirilgan. Masalan, biror kommunal muammo yoki yo‘llarda to‘siqlar paydo bo‘lsa murojaat qilish kerak bo‘lgan dispetcherlik xizmatlarining kontaktlari; shahardagi havo sifati haqidagi statistik ma’lumotlar, ob-havo ma’lumotlari, tez yordam mashinalarini o‘tkazib yuborish zarurati haqidagi eslatmalar va boshqalar.

Ta’mirlash ishlari tugallangach, sakkizta tabloning barchasi o‘z joyiga qaytadi: ikkita ekran — «Minor» metro bekati yaqinidagi chorrahaga, ikkitasi — Mustaqillik shohko‘chasi va Oqqo‘rg‘on ko‘chasi chorrahasiga, bittasi — Shahrisabz ko‘chasi va Amir Temur shohko‘chasi kesishgan chorrahaga, ikkitasi esa «Toshkent» aeroportiga. 

Mavzuga oid