Toshkent shahar hokimligi huzurida ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash shirkati tashkil etildi
Kompaniya ko‘p kvartirali uy-joy fondi obektlarini ta’mirlaydi, modernizatsiya qiladi hamda energiya samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, ko‘p kvartirali uylarda liftlarni almashtiradi, ta’mirlaydi, modernizatsiya qiladi.

Foto: Kun.uz
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov “Ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat muassasasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Quyidagilar davlat muassasasining asosiy vazifalari etib belgilandi:
- prezident va Vazirlar Mahkamasi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va Toshkent shahar hokimining tegishli hujjatlari asosida berilgan vazifa hamda topshiriqlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
- ko‘p kvartirali uylarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlash;
- birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarining belgilangan muddatda sifatli tayyorlanishini ta’minlash, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
- obektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
- loyihalarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash, xaridlarni rejalashtirish, xaridlar tartib-taomillarini belgilash va uning shaffofligini ta’minlash;
- loyihalarni boshqarish va qurilish ishlari bo‘yicha texnik nazorat olib borilishini ta’minlash, mualliflik nazoratini tashkil etish hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda obektlarni foydalanishga qabul qilish ishlarini tashkil etish.
Shuningdek, kompaniya ko‘p kvartirali uy-joy fondi obektlarini ta’mirlaydi, modernizatsiya qiladi hamda energiya samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, ko‘p kvartirali uylarda liftlarni almashtiradi, ta’mirlaydi, modernizatsiya qiladi.
Budjet tizimi budjetlari hisobidan ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bilan bog‘liq barcha tadbirlar bo‘yicha ishlab chiqiladigan dasturlar va manzilli ro‘yxatlar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan kelishiladi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil harbiy amaliyotini kengaytirmoqda va G‘azoda yangi hududlarni egallamoqchi
Jahon | 20:44
-
Xorazmda pulini ko‘paytirib berishni aytib, mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 20:24
-
Bitta mashinada nuqson topilsa, brendning hamma modellarini yoppasiga taqiqlash to‘g‘rimi?
O‘zbekiston | 20:13
-
AQSh Xo‘jand deklaratsiyasi va chegaralarning tutash nuqtasi bo‘yicha shartnomani olqishladi
O‘zbekiston | 20:07
Mavzuga oid

08:53 / 31.03.2025
Toshkent tumanida me’yoriy talablarga javob bermaydigan obyekt qurilishi to‘xtatildi

13:21 / 24.02.2025
“Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun yangi hududlar urbanizatsiya tamoyillariga muvofiq tanlanadi

15:08 / 18.01.2025
Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasidan foydalanganlik uchun to‘lov “Mening uyim” tizimida to‘lanadi

10:15 / 24.12.2024