Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz ga kirib tegishli xizmatni tanlash va so‘ralgan ma’lumotlarni to‘ldirgan holda ariza yo‘llash lozim.

Xizmatning afzalliklari:

  • qulay: istalgan paytda va internetga kirish imkoniyati bo‘lgan joydan pensiya olish uchun ariza topshirish mumkin.
  • vaqtni tejaydi: kunlar navbat kutib o‘tkazilmaydi. Onlayn xizmat vaqtni tejash va natijani tezroq olish imkonini beradi.
  • oddiy: ariza topshirish jarayoni ancha sodda va tushunarli. Barcha zarur qadamlar va ko‘rsatmalar xizmat interfeysida keltirilgan.

Natija 10 ish kunida taqdim etiladi. Xizmatdan foydalanish bepul.