6408/6409-sonli Toshkent - Angren - Toshkent yo‘nalishidagi poyezdlar harakati 5 yanvardan temiryo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish maqsadida vaqtinchalik amalga oshirilmaydi.
Avvalroq “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” 2023 yilning 4 dekabridan 2024 yil 4 yanvarigacha Toshkent - Angren - Toshkent yo‘nalishdagi poyezdlar harakat tarkibini modernizatsiya qilish maqsadida harakat vaqtinchalik amalga oshirilmasligini ma’lum qilgandi.








