Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nodirbek Abdusattorov 2023 yil eng ko‘p daromad qilgan shaxmatchilar o‘nligidan joy oldi
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorovning 2023 yildagi shaxmat turnirlari orqali qancha daromad qilgani ma’lum bo‘ldi.
UzChess xabariga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov yakunlangan yilda eng ko‘p daromad qilgan shaxmatchilar o‘nligidan joy olgan. O‘zbekistonlik shaxmat ustasi 2023 yilda 12ta musobaqada ishtirok etib, 190 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga ega chiqqan.
Yil davomida jahonning eng ko‘p daromad qilgan shaxmatchisi xitoylik grossmeyster Ding Liren bo‘ldi. U yil davomida turnirlardan 1 228 200 AQSh dollari miqdorida pul topgan.
Ikkinchi o‘rindan rossiyalik Yan Nepomnyashiy o‘rin olgan – 1 226 825 AQSh dollari. Uchlikni Magnus Karlsen yopgan – 705 155 AQSh dollari.

Mavzuga oid
21:22 / 16.02.2026
Nodirbek Abdusattorov fristayl-shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida uchinchi bo‘ldi
08:55 / 10.02.2026
Ikki o‘zbek grossmeysteri mukofot pullari bo‘yicha dunyo top-10ligiga kirdi
20:20 / 01.02.2026
Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess turniri chempioni bo‘ldi
22:55 / 30.12.2025