Oçiq tabiat qöynida ekstremal köprik, salkam 2,5 kilometrlik dor yöli, 3 yulduzli mehmonxona va soğlomlaştiriş markazi. Sayyohlar uçun turistik manzillar soni yana bittaga köpaydi. Jizzaxning Zominidagi 950 gektarlik hududda yangi dam oliş zonasi odamlarga xizmat körsatmoqda. Kun.uzʼning navbatdagi reportajida şu haqda batafsil bilib olişingiz mumkin.

Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylaşgan bu hududning barpo qilinişi 2021 yildan boşlangan. Quriliş boş rejasi Avstriya kompaniyasi bilan birga işlab çiqilgan. Hozirga kelib 600 örinli 3 yulduzli mehmonxona, soğlomlaştiriş markazi, osma dor yöli hamda osma köprik odamlar uçun xizmat körsatyapti.

Sayyohlik zonasi uzunligi 2 ming 200 metr bölgan osma dor yöli bilan boşlanadi. Avtomobilda keluvçilar uçun kanatga çiqiş hududida 400 örinli avtoturargoh qurilgan. Şveytsariya texnologiyasi asosida qurilgan bu dor yölida jami 36 ta 8 örinli kabinalar bor.

“Osma dor yöli toğning boşidan, ya’ni “Suffa 2400” deyiladi, şunga olib çiqadi. Dor orqali tepaga kötarilgandan keyin soğlomlaştiriş maskani va 3 ta mehmonxona bor. Qolaversa, yana 2 ta restoran, Şaliya tipidagi 29 ta kottejlarimiz qurilmoqda”, – deydi “Zomin turistik rekreatsion zonasi direksiyasi” DUK boş mutaxassisi Kamol Farmonov.

Osma dor yöli va bir qança obektlardan keyingi eng ekstremal nuqta bu osma köprik hisoblanadi. Markaziy Osiyoda yagona sanalgan bu köprikning uzunligi 305 metr, balandligi 150 metr. Köprik ham dor singari şveysarça texnologiya asosida qurilgan, u bir vaqtning özida 600 nafar odamni kötara oladi.

12 yoşgaça bölgan bolalar va 55 yoşdan yuqori qariyalar uçun osma köprik bepul, qolganlar 50 ming sömdan tölov qilişi kerak böladi.

“Endi bu köprigimiz 160 örinli restoran hamda 40 örinli kafe va yoş oilalarni röyxatdan ötkaziş uçun zamonaviy baxt uyi binolarini ham öz içiga qamrab olgan”, – deydi “Zomin turistik rekreatsion zonasi direksiyasi” DUK direktor örinbosari Abduğani Avazov

Aytiş kerak, hududda yaratilgan şaroitlar yomon emas. Buni uning gavjumligi va şunda ham xorijlik sayyohlarning köproq kelayotgani bilan baholaş mumkin. Ayni vaqt Toşkentning buzilgan ekologiyasidan çarçaganlar uçun ham Jizzaxning Zominiga boriş ayni muddao.

Turistik zona qurilişi hali yakuniga yetgani yöq. Keyinçalik yana köp örinli restoran, kottejlarning foydalanişga topşirilişi kutilmoqda.