“Azon Global” axborot tahliliy portali asosçisi Alişer Tursunov (Mubaşşir Ahmad taxallusi bilan tanilgan) 2023 yil 28 dekabr kuni Turkiya içki işlar tizimi xodimlari tomonidan gumonlanuvçi sifatida olib ketilgan. Bu haqda Azon Global portalida ma’lum qilindi.
“Dastlab qandaydir anglaşilmovçilik bölgani, şu bois ommani behuda taşvişga soliş kerak emasligi kabi mulohazalar bilan bu haqda keng ommaga xabar berilmadi. Undan keyin, ustoz Mubaşşir Ahmadga qöyilayotgan ayblovlar umuman asossiz ekani, bu hol dastlabki suriştiruvdayoq aniqlanişiga va ustozni qöyib yuborilişiga qat’iy işonç bor edi. Ammo, afsuski, vaziyat unday bölib çiqmadi.
Turkiya qonunlari böyiça gumonlanuvçini 3 kundan ortiq tutib turiş mumkin emas. Şu muddat içida qöyilayotgan ayb isbotlansa, Adliya idoralariga ötkazilişi, isbotlanmasa, çiqarib yuborilişi lozim. Ba’zan çet ellik şaxslarni qaytarib yuboriş (deportatsiya) markazlariga ötkazişadi va u yerdan öz vataniga jönatişadi yoki ozod qilişadi.
Dastlabki suriştiruvlarda, tabiiyki, ustoz Mubaşşir Ahmadga qöyilayotgan ayblov öz isbotini topmadi. Qaytarib yuboriş (deportatsiya) markazlariga ötkazilgan domlani oradan şunça kun ötib ham tutib turişgani tuşunarsiz bölib qolmoqda. Albatta, bu hodisa sodir bölgan kunidanoq advokatlar harakatlarini boşlaşgan va boşqa barça kerakli çora tadbirlar körilmoqda”, – deyiladi xabarda.
Kun.uz'ning Özbekiston rasmiy idoralaridagi manbasiga köra, Mubaşşir Ahmad jamoat xavfsizligiga tahdid gumoni bilan olib ketilgan. Turkiyadagi özbek diplomatlari u saqlanayotgan joyga borib, özi bilan suhbatlaşgani, uni saqlab turiş şaroitini örganişgani aytilmoqda.
Özbekistonning Istanbuldagi boş konsulxonasi 9 yanvar kuni bergan ma’lumotga köra, Mubaşşir Ahmadga nisbatan tegişli konsullik-huquqiy yordam körsatilmoqda.
“Haqiqatdan ham 2023 yilning 28 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi fuqarosi, 1974 yilda tuğilgan Tursunov Alişer Ahmadoviç (taxallusi Mubaşşir Ahmad) Turkiya politsiyasi tomonidan özi yaşab turgan uyidan olib ketilgan va Istanbul viloyati Çatalja tumanida joylaşgan Binkiliç deportatsiya markaziga joylaştirilgan”, deyiladi konsulxona axborotida.
Ma’lumot uçun, Mubaşşir Ahmad 2023 yil avgustda Özbekistonda özi asos solgan Azon.uz sayti öz faoliyatini töxtatganini












