Qurollangan şaxslar 9 yanvar kuni Ekvadorning yirik port şahri bölmiş Guayakilda TC Television telekanali studiyasini egallab oldi. Bölayotgan işlar butun mamlakat böylab namoyiş etiladigan telekanal jonli efirida ketgan, deya xabar beradi Associated Press. Kunduzgi yangiliklar efirga ketişni boşlaganda niqob taqqan, töpponça va uzun stvolli qurol kötargan şaxslar studiyaga bostirib kirgan. Telekanal xodimlaridan biri Leonardo Flores Moreno Reuters agentligi bilan suhbatda aytişiça, jinoyatçilar telekanal ofisiga portlovçi qurilma örnatişgan. Bir neça xodimlar garovga olingan va turli joylarda uşlab turilgan, deya xabar bergan Ekvadordagi El Universo gazetasi politsiyaga tayanib.

TC efirida körsatilgan kadrlarga qaraganda, jinoyatçilar telekanal xodimlariga qurol öqtalgan holda tahdid qilib, polga yotişni buyurgan, jurnalistlardan birining kiyimi çöntagiga portlovçi modda solib qöyilgan. Hujum qilganlar bir neça bor şunday deb takrorlaşgan: «Heç qanday politsiya yöq!» Telekanal efirida çinqiriş va öq ovozlari eşitilib turgan. «Biz efirdamiz, şuning uçun bilib qöyinglar, mafiya bilan öynaşiş kerak emas», — deya hujum qilganlardan birining sözlarini keltirgan AP. Jinoyatçilar efirda paydo bölganidan taxminan 15-20 daqiqa ötib telekanal translatsiyasi uzilgan.

Garovdagilarning barçasi ozod etilgan, telekanalga hujum vaqtida qurbon bölganlar yöq. Jinoyatçilar bino atrofiga politsiyaçilar yetib kelganida studiyani tark etişga kirişgan, deb xabar bergan AP muxbiriga telekanalning yangiliklar bölimi rahbari Aline Manrike. Politsiyaçilar hujumda iştirok etganlardan 13 nafarini qölga olgan. Ularning yonidan portlovçi moddalar, ikkita töpponça va boşqa qurollar topilgan. Telekanal qatorida boşqa naşrlarning ofislari ham joylaşgan binodan 40 nafarga yaqin kişi evakuatsiya qilingan.

Televizion studiyani egallab olişda gumonlanib tutilganlar. 2024 yil 9 yanvar
Ecuadorean Police / Reuters / Scanpix / LETA
Ecuadorean Police / Reuters / Scanpix / LETA

9 yanvar kuni keçqurun TC telekanali efirga qaytgan. Keçki yangiliklar boşlovçisi jinoyat joyida tergovçilar iş olib borayotgani va dalillarni yiğayotgani haqida ma’lum qilgan. Hujum oqibatida telekanal operatorini oyoğiga öq uzib yaralaşgan, boşqa bir xodimning qöli sindirilgan.