Jahon | 14:35 / 11.01.2024
6570
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Adliya vazirligi to‘rt «chet el agenti»ning uy manzilini e’lon qildi

Vazirlik Jinoyat kodeksining shaxsiy hayot daxlsizligi to‘g‘risidagi moddasini buzdi, bu to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, dedi «Pervyy otdel» inson huquqlari tashkiloti yuristi Maksim Olenichev.

Foto: DW

Rossiya Adliya vazirligi o‘z saytida Rossiya rasmiylari tomonidan «chet el agenti» deb e’lon qilingan to‘rt nafar rossiyalikning uy manzillari va boshqa shaxsiy ma’lumotlarini e’lon qildi, deb xabar berdi Sota telegram-kanali 9 yanvar kuni. 

«2024 yil uchun chet el agentlarini tekshirishlar rejasi» hujjatida «Golos» harakati faoli Sergey Piskunov, jurnalistlar Yekaterina Lushnikova va Denis Konstantinov, shuningdek, bloger Nikolay Sobolevning uy manzili, majburiy pensiya sug‘urtasi tizimidagi hisobraqami va soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami ko‘rsatilgan.

Shu tariqa, Adliya vazirligi Jinoyat kodeksining shaxsiy hayot daxlsizligi to‘g‘risidagi moddasini buzdi, mansab mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan bunday harakat to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, dedi The Insider’ga «Pervyy otdel» inson huquqlari tashkiloti yuristi Maksim Olenichev. 

Bir necha yuzlab «chet el agentlari» 

Rossiyada «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun 2012 yilda paydo bo‘lgan. O‘shandan beri bir necha yuzlab tashkilotlar va shaxslar taqiq ro‘yxatiga kiritilgan. Jismoniy shaxslar – «chet el agentlari» reyestri 2022 yil aprel oyi boshida ishga tushirilgan bo‘lib, u NNTlar – «chet el agentlari», OAV – «chet el agentlari» va ro‘yxatdan o‘tmagan tashkilotlar – «chet el agentlari» ro‘yxati bilan bir qatorda to‘rtinchi ro‘yxat bo‘ldi. 2022 yil dekabr oyidan boshlab qonun, Rossiya rasmiylariga ko‘ra, «chet eldan yordam oladigan» va «xorijiy ta’sir ostida» bo‘lganlarni «chet el agentlari» deb e’lon qilish imkonini beradi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid