Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi bir neçta kodekslarga özgartirişlar kiritiş haqidagi qonunni körib çiqdi. Hujjatdagi aksariyat moddalar yöl harakati xavfsizligi böyiça qonunçilikka özgartirişlar kiritişni nazarda tutadi.
Undagi normalardan biriga köra, huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining öz xizmat vazifalarini bajarişlari bilan boğliq ma’lumotlarni ularni obrösizlantiriş yoki haqorat qiliş maqsadida internetga joylaştirganlik uçun 50 BHM (hozirda 17 mln söm) jarima yoki 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilanyapti.
Senat qömitasining “kuni keça” bölib ötgan majlisida (rasmiy xabarda sana keltirilmagan) bu norma keng muhokamalarga sabab bölayotgani sababli IIV Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Toşkent davlat yuridik universitetining kafedra mudirlari va professor-öqituvçilari hamda qonun taşabbuskorlari – IIV JXD YHXX rahbarlarining fikrlari tinglangan.

Ma’lum qilinişiça, 2022 va 2023 yillarda öz xizmat vazifasini bajarayotgan yöl patrul xizmati xodimlari 253 marta fuqarolar tomonidan foto va videotasvirlarga olinib, internet tarmoqlariga tarqatilgan. Bu videotasvirlarning barçasi Içki işlar vazirligining mas’ul boşqarmalari tomonidan örganib çiqilgan.
“Örganilgan videotasvirlarning 102 tasida haydovçilar yöl harakati qoidalarini özlari buzgan bölsa-da, xodimlarning xatti-harakatlariga notöğri izoh bergan holda ijtimoiy tarmoqlarga video joylaştirgan.
Videotasvirlarni olayotgan haydovçilarning aksariyati yöl harakati qoidalarini buzgani uçun yöl patrul xizmati xodimlari tomonidan töxtatilgani, qoidabuzarlik uçun ma’muriy bayonnomalarni rasmiylaştiriş jarayonini qarşilik körsatib tasvirga olgani, şundan söng notöğri izohlar berilib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilayotgani ma’lum bölmoqda”, – deyiladi Senat axborotida.

Izohlanişiça, “qator rivojlangan davlatlar” qonunçiligida huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlarini suratga oliş taqiqlangan.













